Page 5 - ANSAMBL IJROCHILIGI: TARIX, NAZARIYA, AMALIYOT: Хalqaro ilmiy-amaliy seminar materiallari to'plami
P. 5
MUHTARAM ONLAYN SEMINAR QATNASHCHILARI!
Barchangizni “Ansambl ijrochiligi: tarix, nazariya va amaliyot”
mavzuidagi Xalqaro ilmiy-amaliy seminarining ochilishi bilan chin
qalbimdan muborakbod etaman!
Bugungi marosimda taniqli san’atshunos va musiqashunos olimlar,
ilmiy-tadqiqot muassasalarining xodimlari, oliy o‘quv yurtlari professor-
o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrlar, bakalavrlar ishtirok etayotgani
bizga alohida mamnuniyat bag‘ishlaydi. Bugungi quvonchli ayyomda
mana shu Xalqaro onlayn anjumaniga asos solgan O‘zbekiston Fanlar
akademiyasining San’atshunoslik instituti, uning keng miqyosida
munosib obro‘-e’tibor qozonishi uchun hissa qo‘shgan insonlarni,
ularning xazmatlarini chuqur minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.
G‘oyat muhim va dolzarb mavzuga bag‘ishlangan ushbu seminar
O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligining 30-yilligiga bag‘ishlan-
ganligi o‘ziga xos ramziy ma’noga ega. O‘zbek ansambl janrini Xalqaro
miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘pqirrali bu mavzuni bugungi
kunda dunyo musiqiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar
bilan uzviy bog‘lik holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish,
kelgusi vazifalarimizni belgilab olish, o‘ylaymanki, katta ahamiyatga ega.
Biz siz, aziz mehmonlarimizni, dunyodagi turli xalqlarning ma’naviy
olamini musiqa orqali ifoda etadigan, ularning salomi va ezgu tilaklarini
yetkazadigan tinchlik va do‘stlik elchilari sifatida qabul qilamiz. Sizlar kabi
san’at namoyandalarining insoniy mukammal maqsadlarni, ideallarni
asrash va mustahkamlash, ansambl janrini rivojlantirish yo‘lidagi olijanob
sa’y-harakatlaringizni barchamiz yuksak baholaymiz.
Ishonchim komil, seminar yakunida qabul qilinadigan hujjat g‘oyat
muhim bo‘lgan ansambl janrini mustahkamlashga, bu ezgu ishni yangi,
yanada yuksak pog‘onaga olib chiqishga xizmat qiladi. Anjuman doirasida
ishtiroqchilar tomonidan ilgari suriladigan taklif va tashabbuslar hamda
ularning xulosalari musiqa sohasida yangi monografiya, kitob, broshyura,
maqolalar chop etishda inobatga olinadi.
Barchangizni bugungi san’at bayrami bilan yana bir bor tabriklab,
sizlarga sihat-salomatlik, baxt va omad, anjumanimiz ishiga esa
mavaffaqiyat tilayman. Mamlakatimizning barcha mintaqalarida
ansambllar hayotbaxsh sadolari doimo yangrab tursin!
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq artist,
O‘zDK «Maxsus fortepiano» kafedrasi professori
Adiba Sharipova
3

