Page 5 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 5
220 kV kuchlanishli liniyalar 4,6 ming km va 0,4-10 kV kuchlanishli liniyalar 170
ming km ni tashkil etadi.
Elektr va issiqlik energiyani ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va ularni
iste’mol qilishni samarali tashkil etish uchun barcha elektr stansiyalari,
podstansiyalari va elektr uzatish liniyalarini o‘z ichiga olgan ya’gona elektr
energetika tizimi tashkil etilgan. Bunday ulkan tizimning zamonaviy talablarga
javob beruvchi samarali taraqqiyoti va faoliyatini ta’minlash mos loyihalash,
montaj qilish, ishga tushirish, sozlash va ishlatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab borishni taqazo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 1 martdagi “Muqobil
energiya manbalarini yanadarivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–4512-
sonli Farmonini va 2013 yil 1 martdagi “Xalqaro quyosh energiyasi institutini
tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–1929-sonli Qarorini ro‘yobga chiqarish doirasida
“Fizika-Quyosh” IIB bazasida quyosh energiyasi instituti tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda
Osiyotaraqqiyot banki mablag‘larini jalbetgan holda Samarqand viloyatida quvvati
100 MVt bo‘lgan quyosh elektrstansiyasini qurish loyihasini amalga oshirishishlari
boshlandi.
“O‘zbekenergo” DAK tomonidan ko‘rilayotgan choralar natijasida
mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni,
ya’ni 2012 yilda Navoiy issiqlik elektrstansiyasida quvvati 478 MVt bo‘lgan bug‘-
gaz qurilmasini ishga tushirish ta’minlandi va ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini barpo
etish boshlandi, 2013 yilda Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 27 MVt
bo‘lgan gaz trubina qurilmasini barpo etish tugallandi.
7

