Page 8 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 8
operatsiyalarni amalga oshirish kerak, yoki operativ personalga signalni amalga
oshirish, u esa nonormal holatni bartaraf etish uchun chora ko‘rishi kerak.
Rele himoyasi elektr avtomatikaning asosiy turi hisoblanadi, busiz energetika
tizimi normal ishlay olmaydi. U boshqa turdagi elektr avtomatikalar, ya’ni
avariyaviy buzilishlarni oldini oladigan va EES va iste’molchilar elektr ta’minotini
tezda normal ish rejimini tiklaydigan avtomatik qayta ulagich (APV), zahiradagi
manbani avtomatik ravishda ulash (AVR), chastotani avtomatik yuksizlantirish
(ACHR) va h.k. bilan o‘zaro bog‘liq.
1.2. ELEKTR QURILMALARIDAGI SHIKASTLANISHLAR.
Energetika tizimidagi ko‘pgina shikastlanishlar fazalarniig o‘zaro va yer
bilan qisqa tutashishlariga (QT) olib keladi (1.2 - rasm). Elektr mashinalari va
transformatorlarning chulg‘amlarida bundan tashqari uramlar orasida bir fazali
qisqa tutashuvlarni keltirib chiqaradi. SHikastlanishlarning asosiy sabablariga
izolyasiyaning buzilishi, eskirishi, kuchlanishning normadan oshib ketishi, xizmat
ko‘rsatuvchi shaxslarning noto‘g‘ri amali va xatolari, ajratgichni kuchlanish ostida
uzish, qisqa tutashtirgich bor holda kuchlanishni berilishlari kiradi (17).
Rasm 1.2. Elektr qurilmalaridagi shikastlanishlar turlari:
a, b, v, g – uchfazali, ikki fazali,bir fazali va ikki fazali yer bilan qisqa tutashuv; d
va e – neytrali izolyasiyalangan tarmoqlarda bir fazali va ikki fazaning yer bilan
10

