Page 6 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 6

1. RELE HIMOYASI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR


                                        1.1. RELE HIMOYASINING VAZIFASI.

                        Energotizimning  elektr  qismida,  ya’ni  elektr  stansiyasi  (ES)  va

                  podstansiyaning  (PS)  elektr  uzatish  liniyasi  (EUL)  va  elektr  energiya

                  iste’molchilarining  elektr  qurilmalarida  shikastlanish  va  nonormal  ish  rejimlari

                  bo‘lishi mumkin.

                        Shikastlanishlar katta avariya toklarini hosil qiladi, ES va PS ning shinasida

                  kuchlanish pasayishini yuzaga keltiradi. Shikastlanish toki katta miqdorda issiqlik

                  ajratadi,  bu  esa  shikastlangan  nuqta  (K  nuqta)da  kuchli  buzilishni  va  ushbu  tok

                  o‘tadigan  shikastlanmagan  EUL  simlari  va  qurilmalarida  xavfli  qizishini  yuzaga

                  keladi (1.1 - rasm).

                        Kuchlanish pasayishi elektr energiya iste’molchilarining normal ishlashini va

                  energosistema ESlarini turg‘un parallel ishlashini buzadi.

                        Nonormal rejim asosan kuchlanish, tok va chastotani ruxsat etilgan qiymatdan

                  og‘ishiga  olib  keladi.  Chastota  va  kuchlanishni  pasayishi  iste’molchilarning

                  normal ishlashi va elektr energetika tizimi turg‘unligiga xavf tug‘diradi, kuchlanish

                  va tokning oshishi esa qurilmalar va EUL da shikastlanishni yuzaga keltiradi.

                        Shikastlangan  joydagi  buzilishlarni  kamaytirish  va  energetika  tizimining

                  shikastlanmagan  qismining  normal  ishlashini  ta’minlash  uchun  tezda  topish  va

                  shikastlangan joyni energetika tizimining  shikastlanmagan qismidan ajratish zarur.

                        Nonormal rejimning xavfli oqibatini oldini olish mumkin, agarda o‘z vaqtida

                  oldini  olish  choralari  ko‘rilsa  (masalan,  agar  tok  va  kuchlanish  oshganda  ularni





                                                                8
   1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11