Page 42 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 42

  Korruptsiyaga  qarshi  kurashda    davlat  hokimiyatining  yetarli  darajada

                    belgilanmaganligi.

                  Ma’muriy  va  tashkiliy  vakolatlarning  xaddan  ziyod  ko’pligi  va  ularning

                    mansabdor shaxslar qo’lida bo’lishi;

                  Poraxo’r amaldorlarni aniqlash, fosh qilish bilan bog’liq masalalarning pastligi;

                  Korruptsiya uchun jazolarning nisbatan yumshoqligi va pastligidir.

                       SHu asnoda Rossiya davlatida 2008 yil 25 dekabrida “Korruptsiyaga qarshi

                kurashish to’g’risida” Federal qonun qabul qilindi va jiddiy kurash boshlandi. 2010

                yil 13 aprelda Prezident qarori bilan Rossiya Federatsiyasida korruptsiyaga qarshi

                tadbirlarni  maqsadli  amalga  oshirish  uchun  “Korruptsiyaga  qarshi  kurash  milliy

                strategiyasi” ishlab chiqildi.

                          Korruptsiya  avvalo,  har  qanday  mamlakatda  davlat  boshqaruvining  halq

                oldidagi asosiy majburiyatlarini bajarishdagi sustkashligi va e’tiborsizligi natijasida

                paydo  bo’ladi.  Buning  oqibatida    dunyoning  qaloq  mamlakatlari  tajribasizligi,
                ko’plab muammolarni keltirib chiqishiga olib keladi. Zero, Afrika, Lotin Amerikasi


                va  Osiyoning  ko’pgina  rivojlanayotgan  davlatlarida  korruptsiya  jiddiy
                muammolardan  biri  bo`lib  qolmoqda.  Natijada  davlat  rivojlanmaydi  va

                taraqqiyotdan orqada qoladi. Pirovardida esa, insonlar uchun qiyinchilik  tug’iladi,

                jamiyat turg’unlikka yuz tutadi.

                         Xulosa o’rnida shu ta’kidlash mumkinki, inson uchun zarur bo’lgan ehtiyojlar

                ortsa ortadiki, lekin kamaymaydi. Dunyo rivojlanib, taraqqiy etib borgan sari yangi

                va yangi hohishlar paydo bo’lib boraveradi.  Insoniyat  esa  mavjudotlar ichida eng

                aqllisi sifatida,  mulohaza yuritishi va foyda yoki zararni  anglab, keragini tanlashi

                bilan ajralib turadi. Inson ongi ham huddi taraqqiyot singari oldinlab boraveradi. Bu

                yo’lda ma’naviy qashshoqlik insoniyatni tubanlik sari yetaklashi tabiiy. SHu sabab

                ham dunyo davlatlari o’z ixtiyotlari bilan tinchlik va taraqqiyotga intilar ekanlar bu

                yo’ldagi asosiy g’ovlarni yo’q qilishga urinmoqdalar. Zero, farovonlik, barqarorlikni

                insonlar istaydi.
                                                             41
   37   38   39   40   41   42   43   44   45   46   47