Page 44 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 44
2.2 DUNYO MIQYOSIDA KORRUPTSION JINOYATLARGA QARSHI
XALQARO HUQUQIY HUJJATLAR.
Korruptsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish masalasi barcha
mamlakatlarning umumiy maqsadlarini birlashtirib, barchani hushyorlik va
mas’uliyatga chorlaydi. Bunda jahonda o’z maqomiga ega bo’lgan Birlashgan
Mamlakatlar Tashkiloti yetakchilaridan biri hisoblanadi. CHunki, aynan korruptsiya
va uyushgan jinoyatchilik nafaqat davlat muammosi bo’libgina qolmay, dunyoning
global muammosiga aylanib ulgurdi.
Jahon mamlakatlari miqyosida korruptsion jinoyatlarga qarshi kurashishda bir
qancha xalqaro xuquqiy hujjatlar qabul qilingan bo’lib, ularning asosini 2003 yil 29
sentyabrdan boshlab kuchga kirgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining transmilliy
30
uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konventsiyasi ko’rsatib o’tish o’rin . SHuningdek,
korruptsiyaga qarshi kurash bo’yicha yana ko’plab xalqaro hujjatlarni keltirish
mumkin. Xususan ularga, Amerika davlatlari tashkiloti tomonidan 1996 yil 29 mart
kuni qabul qilingan Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Amerikaaro
31
konventsiyasi, Eevropa ittifoqi kengashi tomonidan 1997 yil 26 mayda qabul
qilingan yevropa hamjamiyatining mansabdor shaxslariga dahl qilgan korruptsiyaga
32
qarshi kurashish bo’yicha Konventsiyasi, kabi yana bir nechta xalqaro huquqiy
hujjatlarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin.
BMTning korruptsiyaga qarshi kurash to’g’risidagi konventsiyadan avvalroq
boshqa halqaro hujjatlar ham qabul qilingan bo’lib, ularga misol qilib quyidagilarni
keltirib o`tish joiz. “Huquqni muxofaza qilish organlari mansabdor shaxslari uchun
30
Konventsiya Organizatsii Ob’edinennыx Natsiy protiv transnatsionalnoy organizovannoy prestupnosti. Prinyata
rezolyutsiyey 55/25 Generalnoy Assambliye ot 15 noyabr 2000 g.
31 Mejamerikanskaya konventsiya protiv korruptsii mejamerikanskoye soglasheniye protiv korruptsii g. Karakas, 29
marta 1996 goda Preambula.
32
Rukavodstva po bor’be s korruptsiyey. Organizatsiya po bezopasnosti i sotrudnichestvu v yevrope (OBSE)
Valnershtrasse 6 A-1010.- Vena, Avstriya. 2016
43

