Page 38 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 38

2019  yil  Transparens  International  global  reytingida  dunyoning  180  ta

                mamlakatlari ichida Belarus Respublikasi 66 –o’ringa chiqib (48 ball),  2018 yilga

                nisbatan  4  pog’onaga  yaxshilandi.  SHuningdek,  Belorussiya  korruptsiya  darajasi

                bo’yicha  Gruziya,  Armaniston,  Moldova,  Ukraina,  Ozarbayjon  kabi  davlatlaridan

                                            25
                yuqori o’ringa chiqib oldi .
                       Hozirgi  vaqtda  mamlakatda  korruptsiyaga  qarshi  davlat  siyosatini  amalga

                oshirish  va  unga  qarshi  kurash  bo’yicha  chora  tadbirlar  ko’rildi.    Korruptsiyaga

                qarshi  kurash  bo’yicha  Belorus  Respublikasi  Prokuraturasi  mas’ul  hisoblanib,  u

                jinoyatni  oldini  olishning  qat’iy  tizimini  yaratgan.  O’lkada  huquqiy  tizim,

                qonunchilik  jarayonini  izchil  takomilashtirish,  korruptsiyaga  olib  keladigan

                ziddiyatlarni  bartaraf  etish  korruptsiyaga  qarshi  qonunchilikni  amalga  oshirishda

                zarur bo’lgan omillardan biridir. Belorus Respublikasi hukumati mamlakatda qonun

                ustuvorligini  mustahkamlash  uchun  izchil  va  qat’iyat  bilan  zarur  choralarni

                ko’rmoqda. Qonun va tartib, jinoyatning hukumat ichiga, siyosiy iqtisodiy sohalarga
                kirib borishini oldini olish uchun “Korruptsiyaga qarshi kurash to’g’risida” qonuni

                            26
                qabul qildi . Ushbu qonun 50 moddadan iborat bo’lib, u korruptsiya bilan bog’liq
                jinoyatlarni oldini olish va unga qarshi kurashning barcha huquqiy tuzulmalarini o’z

                ichiga qarab olgan.

                          Bundan  tashqari  ta’lim  tizimida  korruptsiyaga  qarshi  kurashning  shunday

                mexanizmi  ishlab  chiqiladi-ki,  bunda  faqat  kuchli  qonunlar  bilangina  emas,  balki

                kurashni  aholi orasida,  quyidan boshlash  maqsad  qilindi.  Natijada antikorruptsion

                tarbiya  tizimi,  shaxsiy  ibrat  kuchaytiriladi  va  ayni  paytda  korruptsiyaga  qarshi

                murosasizlik  immunitetini  shakllantirishga  qaratilgan  targ’ibotni  usullari  ishlab

                chiqildi.  Korruptsiyaga  qarshi  kurashda  immunitetini  yaratish  maqsadida  davlat

                miqyosida  barcha  soha  va  yo’nalishlarda  ta’lim  olayotgan  talabalarga

                25
                  Interfax.by
                26  Закон Республики Беларус 20 июля 2006 года № 165-З «О борбе с коррупцийей». Принят Палатой
                представителей 23 июня 2006 г.; одобрен Советом Республики 30 июня 2006 г. (с изм. и доп., в ред. Закона
                Республики Беларус от 22 дек. 2011 года № 332-З) // Нац. рейестр правовых актов Республики Беларус.2012.
                № 5. 2/1885.
                                                             37
   33   34   35   36   37   38   39   40   41   42   43