Page 48 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 48
bo’lgan BMTga a’zo har qaysi davlat uning tasarrufidagi xalqaro konventsiyalarga
qo’shiladi, rezolyutsiyalarni ratifikatsiya qiladi. SHu munosabat bilan O’zbekiston
2003 yil 29 sentyabrdan boshlab kuchga kirgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining
transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konventsiyas 40 , BMTning
41
Korruptsiyaga qarshi Konventsiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) qo’shildi.
Transparency International xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash tashkilotining
2018 yilgi Korruptsiyani qabul qilish indeksi (Corruption Perception Index)dagi
raqamlarga e’tibor qaratsak, unda qayd etilishicha, O’zbekiston 100 ballik indeks
bo’yicha, 23 ballni olib, o’tkazilgan tadqiqot natijasiga ko’ra jahonning 180 ta
42
davlatlar orasida 158-o’rinni egallagan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2019 yilga kelib oz
bo’lsada o’zgardi, ya’ni O’zbekiston 153-o’rinni egallab, 25 ball bilan yuqoriga
ko’tarildi 43 . Yuqoridagi natijalardan xulosa qilib aytish joizki, O`zbekiston
korruptsiyaga qarshi ayovsiz kurash olib borayotgani va natijalar o`zgarib borishi
o’zining asta sekin natijasini ko’rsatayotganligidan dalolat beradi.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi “Ijtimoiy
fikr” jamoatchilik fikrini o’rganish markazi tomonidan 2017 yil 17 iyun oyida
mamlakatda korruptsiya va u bilan bog’liq jinoyatlarni o’rganish maqsadida
so’rovnoma tashkil etildi. Uning natijalariga ko’ra so’rovda ishtirok etgan
ishtirokchilarining qariyb 57 foizi O’zbekistonda korruptsiya borligini ta’kidladi.
Shu vaqtgacha "Ijtimoiy fikr" respondentlari asosan hayotdan va davlat olib
borayotgan siyosatdan mamnunligini izhor qilib kelgan. Respondentlarning keng
oqimi Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent, Sirdaryo va Surxondaryo
viloyatlari aholisi bo’lib, ular ushbu jinoyat turi mamlakatimizda bor ekanligini
ko’proq qayd etganlar. So’rov natajalarining yana bir muhum jihati shuni
40
“Birlashgan Millatlar Tashkilotining transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konventsiyasini ratifikatsiya qilish
to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qarori. 536-II-son. 2003.30.08. lex.uz
41
“Birlashgan Millatlar Tashkilotining korruptsiyaga qarshi konventsiyasiga (nyu-york, 2003 yil 31 oktyabr)
O’zbekiston Respublikasining qo’shilishi to’g’risida” O’RQ-158-son. 2008.07.07. lex.uz
42
Transparensy International. Sorruption Perseptions Indeks 2018. www.transparensy.2018
43
www.transparensy.2019
47

