Page 21 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 21
2.3 – Rasm. Tokli kesimning ikki fazali va ikki releli sxemasi.
Ikki fazali ikki releli sxema (2.3 – rasm) asosan neytrali izolyasiyalangan
yoki kompensatsiyalangan elektr tarmoqlarni himoyalashda qo‘llaniladi (odatda 6
– 35 kV). Bu yerda tok transformatorlari himoyalanayotgan tarmoqning ikkita
fazada o‘rnatiladi (odatda A va C fazada), tok transformatorlarning ikkilamchi
cho‘lg‘amlari hamda relelarning cho‘lg‘amlari «to‘liqsiz yulduz» sxemasi
1
ko‘rinishida ulanadi. Ushbu holatda k .
sx
2.2. Noselektiv tokli kesim.
Elektr energetika tizimlarining bosh qismlarining himoyalariga tezkorlik
bo‘yicha juda katta ahamiyat beriladi. Ushbu holat parallel ishlayotgan sinxron
generatorlar hamda energetika tizimini turg‘un ishlashini ta’minlash maqsadida
amalga oshiriladi. Bosh liniyalardagi o‘tkazgichlarning kesim yuzasini kattaligi
hisobiga, liniyaning boshi va oxiridagi qisqa tutashuv toklari kam miqdorda
farqlanganligi sababli tokli kesimlarni qo‘llash doimo samarali bo‘lmaydi.
Natijada tokli kesimning ma’qul bo‘lgan ish zonasi va tanlovchanligini ta’minlash
imkoni bo‘lmaydi.
Bundan hollarda notanlovchan tokli kesimni qo‘llash mumkin.
Notanlovchan tokli kesim – bu maksimal turdagi tokli himoya bo‘lib,
nafaqat o‘zining ta’sir zonasidagi shikastlanishlarga balki ta’sir zonasidan
23

