Page 16 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 16

k  - sxema koeffitsienti, ushbu koeffitsient rele cho‘lg‘amidagi tokni tok
                             sx
                  transformatorning  ikkilamchi  cho‘lg‘amidagi  tokdan  necha  marta  kattaligini


                  ko‘rsatadi.
                         Sxema  koeffitsientining  qiymati  tok  transformatorlarning  ikkilamchi


                  cho‘lg‘amlari va relelar cho‘lg‘amlarining ulanish guruhi orqali aniqlanadi.

                         Tokli  himoyalar  elektr  tarmog‘ining  himoyalanayotgan  qismining  manba

                  tomonida  o‘rnatiladi.  Agarda  elektr  tarmog‘i  o‘zida  bir  nechta  manbalarni

                  mujassam etgan bo‘lsa, himoyalarni himoyalanayotgan elementning barcha manba

                  tomonida o‘rnatilishi, himoyalarning o‘zlari esa yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.

                         Odatda himoyalar tokning oshishiga ta’sir javob berishadi. Shuning uchun

                  ular  maksimal  turdagi  himoyalar  hisoblanib  maksimal  tokli  himoyalar  deb

                  nomlanadi.

                         Maksimal  turdagi  ikkita  tokli  himoya  mavjud  bo‘lib  ular  bir  –  biridan

                  tanlovchanlikni  ta’minlash  orqali  farqlanadi:  tokli  kesimlar  va  sabr  vaqtli

                  maksimal tokli himoyalar.



                                                        2.1 Tokli kesim



                         Tokli  kesim  –  bu  maksimal  turdagi  tezkor  tokli  himoya  hisoblanib,

                  tanlovchanlikka ishlash zonasini cheklash orqali erishiladi.

                         Bir  tomonlama  ta’minlanuvchi  tarmoqlarda  tokli  kesim  himoyalanayotgan

                  qismning manba tomonida o‘rnatiladi.

                         Qisqa tutashuv toklari manbadan shikastlanish joyigacha bo‘lgan masofaga

                  bog‘liq  holda  tokli  kesimning  ishlash  tokini  shunday  tanlash  mumkinki,  bunda

                  kesimning  ishlash  hududida  faqat  nazarot  qilinayotgan  uskuna  kiradi.  Tokli

                  kesimning  (2.1  –  rasmdagi  TK1)  ishlash  toki  qo‘shni  tutashmalarda  bo‘lishi

                  mumkin  bo‘lgan  eng  katta  qisqa  tutashuv  tokidan  ya’ni  L2  tarmoqdagi  qisqa

                  tutashuv  tokidan  katta  bo‘lishi  kerak.  Chunki  L2  tarmoqning  boshidagi  qisqa

                  tutashuv  toki  L1  tarmoqning  oxiridagi  qisqa  tutashuv  tokiga  diyarli  teng,





                                                                18
   11   12   13   14   15   16   17   18   19   20   21