Page 22 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 22
tashqarida bo‘ladigan shikastlanishlarda ham ishga tushadi. Notanlovchan tokli
kesimning tanlovchanligiga sabr vaqt yoki boshqa qo‘shimcha texnik vositalarni
qo‘llash evaziga erishiladi.
2.3. Sabr vaqtli notanlovchan tokli kesim.
Tokli kesimning nazorat ostidagi hududini oshirish maqsadida qo‘shni
liniyalardagi qisqa tutashuvlarda ishga tushishiga yo‘l qo‘yish mumkin (2.4 –
rasm). Ushbu holatda notanlovchan tokli kesimning tanlovchanligiga ishlash
zonasini cheklash orqali erishish mumkin. Ishlash zonasini cheklash, keyingi
liniyaning tezkor himoyasining ishlash chegarasigacha ishlashi hamda uncha katta
bo‘lmagan sabr vaqt orqali erishiladi.
Ko‘rinib turganidek, L1 liniyada tezkor sabr vaqtsiz tokli kesimni (TK1)
o‘rnatish samarali emas, chunki uning ishlash zonasi juda ham cheklangan (kichik
ishlash zonasi l tk1 ). Ushbu holatda L1 liniyaning himoyasi uchun notanlovchvn
tokli kesimni (NTK) qo‘llash maqsadga muvofiq, bunda notanlovchan tokli
kesimni tok hamda vaqt bo‘yicha L2 liniyaning tokli kesimidan (TK2) rostlash
lozim:
I ish .ntk 1 I ish . 2 yoki I ish .ntk 1 k I ish . 2 ; t ish .ntk 1 t ish . 2 t ,
k
z
t
k
k
t
t
bu yerda I ish . 2 - L2 liniyadagi TK2 tokli kesimning ishlash toki;
k
t
k - noselektiv tokli kesimning zahira koeffitsienti;
z
t - TK2 tokli kesimning ishlash vaqti, t 0,1 s ;
k
t
k
t
ish . 2 ish . 2
t - tanlovchanlik pog‘onasi, t 0,4 0,6 s .
24

