Page 27 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 27

2.7 – rasm. Maksimal tok himoyali tarmoq sxemasi va vaqtlar diagrammasi.



                         L3  liniyadagi  qisqa  tutashuvda  (K3  nuqtada),  uchchala  liniyalardan  qisqa

                  tutashuv  toklari  oqishi  natijasida  MTH1,  MTH2,  MTH3  lar  ishga  tushishni

                  boshlashadi.  Ushbu  MTH  lardan  faqatgina  MTH3  kichikroq  sabr  vaqtga  ega

                  bo‘lganligi tufayli birinchi bo‘lib ishga tushib faqatgina shikastlangan L3 liniyani

                  o‘chiradi.  Qolgan  himoyalar  ishga  tushishga  ulgurmasdan  boshlang‘ich  holatga

                  qaytishadi.

                         L2  dagi  qisqa  tutashuvlarda  (K2  nuqta)  qisqa  tutashuv  toklari  MTH1  va

                  MTH2 lardan o‘tadi. Ikkala himoyadan MTH2 ning sabr vaqti kichikroq. SHuning

                  uchun aynan shu himoya ishga tushadi va shikastlangan  L2 liniyani o‘chiradi.

                         L1 liniyadagi qisqa tutashuvlarda MTH1 himoyasi ishga tushadi.



                               2.5.1. Maksimal tokli himoyaning o‘rnatmalarini tanlash.



                         MTH ning ishlash toki qo‘yidagilarni hisobga olgan holda tanlanadi.

                         1)  MTH  ning  ishlash  toki  maksimal  ishchi  tokdan  katta  bo‘lishi  kerak,

                  chunki himoya energetika tizimning normal ish holatlarida ishlamasligi lozim:

                                                       I            I
                                                        him .ish max  ish .max
                         2) Himoyaning qaytish toki tizimning avariyadan keyingi o‘z – o‘zini ishga

                  tushirish  tokidan  katta  bo‘lishi  kerak.  Chunki  himoya  boshqa  bir  himoyaning

                  shikastlangan  qurilmasini  tanlovchan  o‘chirgandan  so‘ng  boshlang‘ich  holatga

                  qaytishi lozim.

                                                                29
   22   23   24   25   26   27   28   29   30   31   32