Page 30 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 30
2.5.2. Maksimal tokli himoyaning ulanish sxemalari.
Maksimal tokli himoyadagi tok relelarining ulanish sxemalari shunday
tanlanadiki bunda transformatorning past kuchlanish tomonidagi barcha qisqa
tutashuvlarda himoyaning sezgirligi eng katta bo‘lishi lozim.
Tuliq yulduz (uch fazali uch releli sxema 2.9 rasm; k 1) ulanishli sxema
sx
kamdan kam hollarda qo‘llaniladi, chunki 6-35 kV li tarmoqlarda ikki fazali erga
qisqa tutashuvlarda shikastlangan tarmoqni tanlab o‘chirmaslikka olib kelishi
mumkin. Tuliq yulduz sxemasi ulangan 110 kV va undan katta kuchlanishli
transformatorlarda bir fazali tashqi qisqa tutashuvlarda himoyani ishlamasligini
ta’minlash maqsadida himoyani sezgirligini sun’iy ravishda kamaytirish lozim.
Odatda 110 kV va undan katta kuchlanishli tarmoqlarda masofali himoya
qo‘llaniladi.
2,9-rasm. Uch fazali uch releli sabr vaqtli maksimal tokli himoya sxemasi.
To‘liq bo‘lmagan yulduz sxemasi (ikki fazali ikki releli yoki ikki fazali uch
releli sxemasi, 2.10-rasm) 6-35 kV tarmoqlarda qo‘llaniladi, chunki ushbu
tarmoqlarda neytrali izlolyasiyalangan yoki kompensatsiyalanganligi tufayli bir
fazali qisqa tutashuvlar sodir bo‘lmaydi. Ikki fazali erga qisqa tutashuvlarda
tanlovchanlikni oshirish maqsadida tok transformatorlar bir nomli fazalarda
(odatda A va C) o‘rnatiladi. Cho‘lg‘amlari «yulduz/uchburchak» ( ) va
32

