Page 31 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 31

«uchburchak/yulduz»  (            )  ulanishli  transformatorlarda  hamda  ushbu

                  transformatorlarni  ta’minlayotgan  tarmoqlarda  uch  releli  sxemani  qo‘llash

                  maqsadga  muvofiqdir.  Transformatorning  past  kuchlanish  tarafidagi  ikki  fazali

                  qisqa  tutashuvlarda  yuqori  cho‘lg‘amdagi  fazalardan  birida  boshqa  fazalaga

                  nisbatan  ikki  barobar  katta  qisqa  tutashuv  toki  oqadi.  Ikki  fazali  qisqa

                  tutashuvlarning  uchtasidan  birida  (A-B,  B-C,  C-A)  himoyasi  o‘rnatilmagan  B

                  fazaga  tug‘ri  kelib  qolishi  inobatga  olsak  himoyaning  sezgirligi  ikki  barobarga

                  kamayadi.  Ushbu  holatda  himoyani  sezgirligini  oshirish  maqsadida  ikki  fazali

                  sxemaning  qaytish  simiga  qo‘shimcha  KA  3  relesi  ulanadi  (2,10-rasmdagi  uziq

                  chiziqlar bilan ko‘rsatilgan).




























                     2.10-rasm. Ikki fazali ikki releli (uch releli) sabr vaqtli maksimal tokli himoya

                                                            sxemasi.



                         Uchburchak  (tok  transformatorlari  uchburchak  relelar  yulduz)  ulanishli

                  sxema  35  kV  va  undan  yuqori  kuchlanishla  transformatorlarning  himoyalash

                  maqsadida  qo‘llaniladi  (2.11-rasm).  Simmetrik  rejimda  va  3  fazali  qisqa

                  tutashuvda  reledan  fazadagi  tokdan  3   martta  tok  ya’ni  liniya  toki  oqib  o‘tadi,


                  shuning uchun sxema koeffitsienti  k     cx    3  ga teng.

                         Ushbu  uchburchak  ulanishli  sxemada  (to‘liq  yulduz  ulanishli  sxemaga

                  qaraganda) himoya bir fazali tashqi qisqa tutashuvlarda ishga tushmaydi.



                                                                33
   26   27   28   29   30   31   32   33   34   35   36