Page 28 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 28
I him .qay I uz .ish ,
bu yerda I him .qay - himoyaning qaytish toki;
I uz .ish - o‘z – o‘zini ishga tushirish toki.
L2 liniyaning boshidagi qisqa tutashuvda (2.8 – rasm) liniyalarda o‘rnatilgan
MTH1 va MTH2 himoyalar ishga tushib, vaqt relelari o‘rnatilgan sabr vaqtlarini
hisoblay boshlashadi. Bir vaqtning o‘zida ikkinchi podstansiyaning (PS2)
shinasida kuchlanish pasayadi va ushbu shinadan ta’minlanayotgan motorlar
tormozlanishni boshlaydi. Shulardan ba’zilari tuxtaydi, ba’zilari texnologik
talablarga ko‘ra tarmoqqa ulangan holatda qoladi. MTH2 himoyadan shikastlangan
L2 liniya o‘chirilgandan so‘ng motorlarning o‘z – o‘zini ishga tushirish jarayoni
boshlanadi, natijada MTH1 o‘rnatilgan joydagi tok motorlarning o‘z – o‘zini ishga
tushirish tokiga teng bo‘ladi. Ushbu sharoitda ham MTH1 baribir boshlang‘ich
holatga qaytishi lozim.
2.8 – rasm. Maksimal tok himoyali tarmoq sxemasi hamda qo‘shni liniyalardagi
qisqa tutashuvda tok va kuchlanishlar vektor diagrammasi.
30

