Page 12 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 12

pasayishini  ta’sirini  kamaytirish  va  elektrstansiya  generatorlari  turg‘un  parallel

                  ishlashini saqlanishi katta tezlikda amalga oshirilishi kerak.

                        Qoldiq kuchlanish qanchalik kichik bo‘lsa, turg‘unlikning bo‘zilish ehtimoli

                  shuncha  katta  va  binobarin,  qisqa  tutashuvni  shuncha  tez  o‘chirish  kerak.

                  Turg‘unlik shartiga asosan uch fazali qisqa tutashuv va neytrali erga zaminlangan

                  tarmoqlarda  ikki  fazali  qisqa  tutashuv  eng  og‘ir  hisoblanadi  (1.2,a  va  g  rasmga

                  qarang).

                        Energetika tizimining turg‘unligini saqlash uchun qisqa tutashuvni o‘chirish

                  juda kichik vaqti talab etadi. 750-1150 kV li tarmoqlarda fazalararo qisqa tutashuv

                  yuzaga  kelsa  0,06-0,08  s,  330-500  kV  li  tarmoqlarda  0,1-0,12  s,  110-220  kV  li

                  EUL 0,1-0,12 sekundlarda o‘chirilishi kerak.

                        Agar  qoldiq  kuchlanish  nominialning  60%  dan  kichik  bo‘lsa,  turg‘unlikni

                  saqlash uchun shikastlanishni tez o‘chirishni ta’minlash kerak, ya’ni tez ishlovchi

                  releli himoyani qo‘llash kerak.

                        Yuqorida  keltirilgan  qisqa  tutashuvning  to‘liq  o‘chirish  vaqti  t q.o‘.  rele

                  himoyaning  ishlash  vaqti  t h  va  qisqa  tutashuv  tokini  ajratadigan  uzgichning  t o‘

                  vaqtlari yig‘indisidan iborat , ya’ni: t q.o‘.= t h+ t o‘.

                        Qisqa  tutashuvni  o‘chirish  vaqtini  kamaytirish  uchun  rele  himoyani  va


                  uzgichni  ishlashini  tezlashtirish  kerak.  220-750  kV  li  uzgichlar  t o‘  =0,04÷0,06
                  cekundda ishlaydi. Juda tez ishlaydigan releli himoya muhim ahamiyatli energetika


                  tizimlarda qo‘llanilib, t o‘ =0,02÷0,04 cekundda ishlaydi.
                        Asosiy  ET  dan  uzoqdagi  6-35  kV  li  taqsimlovchi  tarmoqlarda  qisqa


                  tutashuvni o‘chirish vaqti 1,5-3 s da ham ruxsat etiladi. Lekin ushbu tarmoqlarda
                  ham  releli  himoyaning  ishlash  vaqtini  kamaytirish  choralarini  ko‘rish  kerak.


                  Tanlovchan  tez  ishlovchi  releli  himoya  qiyin  va  qimmat.  Soddalashtirish

                  maqsadida oddiy tez ishlovchi, lekin etarli tanlovchanlikni ta’minlab bermaydigan

                  releli himoyani ishlatishga ruxsat etiladi. Bu holda noselektivlikni tuzatish uchun

                  avtomatik  qayta  ulash  foydalaniladi,  o‘zining  chegarasidan  keyingi  hudud

                  noselektiv o‘chgan bo‘lsa, qayta tez qo‘shadi.





                                                                14
   7   8   9   10   11   12   13   14   15   16   17