Page 50 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 50

III. BOB  KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASHDA O’ZBEKISTON
                                        RESPUBLIKASINING DAVLAT SIYOSATI


                       3.1. DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING OCHIQLIGI VA

                              SHAFFOFLIGINI TA’MINLASH MEXANIZMLARI.


                       Globallashuv  jarayonida  korruptsiya  va  u  bilan  bog’liq  jinoyatlarni  oldini

                olish  hamda  unga  qarshi  kurashish  dunyoning  har  bir  davlat  yuritayotgan

                siyosatning  asosiy  masalalaridan  biriga  aylanib  ulgurdi.  Bunday  muhim  vazifani

                hukumatimiz anglagani holda korruptsiyaviy jinoyatlarni oldini olishning bir nechta

                qonuniy  loyihalarini  ishlab  chiqdi  va  hayotga  tadbiq  etib  bormoqda.  O’zbekiston

                Markaziy  Osiyoda  birinchilardan  bo’lib  “Jinoiy  faoliyatdan  olingan  daromadlarni

                legallashtirishga  va  terrorizmni  moliyalashtirishga  qarshi  kurashish  to’g’risida”gi

                Qonunni qabul qildi. Ushbu Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi

                tomonidan  bir  qator  idoraviy  normativ-huquqiy  hujjatlar  tayyorlangan  va  amalga

                oshirilib borilmoqda.

                       Korruptsiya  kabi  jinoiy  xatti-harakat  O’zbekiston  Respublikasi  Birinchi

                Prezidenti  I.А  Karimovning  yana  bir  asari:  “O’zbekiston  XXI  asr  bo’sag’asida:

                xavfsizlikka  taxdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari”  nomli  asarida

                atroflicha  yoritib  berilgan.  Asarda  korruptsiyaning  salbiy  oqibatlari  etib,  amalga
                oshirilayotgan  islohotlarga  qarshilik  ko’rsatish,  davlatning  konstituttsiyaviy

                asoslarini yemirish, jamiyat a’zolarining ma’naviy axloqiy asoslarini yemirish, pul

                orqali  xokimiyatni  qo’lga  olishga  intilish,  nopok  yo’llar  bilan  boylik  orttirish  va

                                        45
                boshqalar ko’rsatiladi .
                        Mamlakatimiz  xukumati  yirik  bir  siyosiy  tashkilot  sifatida  jamoatchilik

                organlari  bilan  hamkorlik  qilar  ekan,  avvalo  inson  va  uning  manfaatlarini  ustun

                qo’yadi.  Bu  yo’lda  tushuntirish,  targ’ibot  usullarini  jadallashtirib,  davlat



                45
                  Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror  taraqqiyot yo’lida. T.6. –Toshkent.:O’zbekiston, 1998.-88-95 bet.
                                                             49
   45   46   47   48   49   50   51   52   53   54   55