Page 53 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 53

bevosita  halq  oldida  ochiq  va  oshkora  xisobot  berishlari,  halq  muhokamasiga

                qo’yish  imkonini  beradi.  Davlat  idoralari  endigi  navbatda  halqga  va  halq

                manfaatlariga  xizmat  qilishi,    demokratik  tamoyillarning  ustuvorligi  va  fuqarolik

                jamiyatining asosiy shartlari bajarilayotganligini anglatadi.

                       “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili deb e’lon qilingan 2017 yilda

                “Inson manfaatlari hamma narsadan ulug’” degan g’oya asosida amalga oshirildi va

                bu  jarayon  davom  ettirilib  borilmoqda.  Mamlakatimizda    inson  manfaatlarini

                ta’minlash, huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar negizida

                yutuq va kamchiliklar ochiq aytilib, unda hokimiyat tizimida mutlaqo yangi tizim

                joriy  etildi.  Zero,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Virtual  qabulxonasi,

                joylarda  Xalq  qabulxonalari  tashkil  etildi.  Ushbu  tuzilmalar  davlat  hokimiyati  va

                boshqaruvi  organlarining  xalq  bilan  hamkorlik  qilishi,  aholining  eng  dolzarb

                muammolarini  hal  etilishi  va  jamoatchilik  nazorati  institutlarining  jadallashuviga
                           50
                olib keldi .
                       Davlat  idoralari  ochiqligi  va  shaffofligi,  OAVning  keng  tarmoqlardagi


                faoliyati va  mamlakatimizdagi tub islohotlarni amalga  oshirilishiga  sabab bo’ladi,
                avvalo,  yurt  ravnaqi,  rivoji  uchun  xizmat  qiladi.  Mansabdor  shaxslarning  o’z

                lavozimidan  shaxsiy  manfaatlari  yo’lida  foydalanishga  imkon  bermaydi.  SHaxsiy

                daxlsizlik,  huquqiy  savodxonlik,  davlat  idoralari  mansabdor  shaxslarining    o’z

                ishiga mas’uliyati ortadi.

                       O’zbekiston  Respublikasining  “Davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari

                faoliyatining ochiqligi to’g’risidagi” Qonunda  ko’rsatilganidek, davlat hokimiyati

                va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining asosiy printsplariga davlat  idoralari

                tomonidan taqdim etiladigan axborotdan hamma foydalanishi mumkinligi belgilab

                berilgan.    Ushbu  qonunda  axborotning  o’z  vaqtida  berilishi  va  ishonchliligi,

                faoliyatining oshkoraligi, shaffofligi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining

                50
                   SHavkat  Mirziyoev.  Konstituttsiya-erkin  va  farovon  hayotimiz,  mamlakatimizni  yanada  taraqqiy  ettirishning
                mustahkam  poydevoridir.  O’zbekiston  Respublika  Konstituttsiyasi  qabul  qilinganing  25  yilligiga  bag’ishlangan
                tantanali marosimdagi ma’ruza. –T.:“O’zbekiston”, 2017, 7 dekabr./ lex.uz
                                                             52
   48   49   50   51   52   53   54   55   56   57   58