Page 5 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 5
KIRISH
Jahon taraqqiyoti va insoniyat turmushidagi rivojlanish, qarama-qarshiliklar
mana shu jamiyat a’zolarining niyatlari, fikr va qarashlarida, orzu-maqsadlarida
shubhasiz aks etadi. Bu yo’l o’ta murakkab bo’lib, bir qancha muammolar,
qiyinchiliklar, sinovlarning uchrashi tabiiy.
O’zbekiston davlat mustaqilligining chorak asrida salmoqli ishlar amalga
oshirilgani sir emas. Halqimizning ijtimoiy adolat, huquqiy tenglik, insonparvarlik
va ezgulik tamoyillari qaror topgan, yuksak ma’naviyatli va ma’rifatli jamiyat
qurishdek asriy orzu-umidlarini ro’yobga chiqarish imkoniyati sari dadil qadamlar
qo’yilmoqda. Albatta, mamlakatimizning milliy taraqqiyoti, yurt istiqboli fuqarolik
jamiyati va demokratik huquqiy davlat barpo etish maqsadlari bilan bevosita
bog’liq.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning
“O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari” asarining “Xavfsizlikka tahdid” deb nomlangan birinchi
qismida yangi asr bo’sag’asida halqaro vaziyat, kuchlar nisbatidagi tub o’zgarishlar
tahlil etilgan, umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlik masalalari, ularning o’zaro
bog’liqligini ko’rsatib berilgan va har tomonlama teran ochib bergan. Ayni shu
asarda uyushgan jinoyatchilik, mahalliychilik, qarindosh urug’chilik,
korruptsiyaning davlat va jamiyat, qo’yinki insoniyat uchun ulkan xavf ekanligi
dalillangan.
Har bir davlat o’z tarixida yangilanish yoki ijtimoiy sifat bosqichi
o’zgarayotganda, siyosiy – iqtisodiy jihatdan “o’tish davri” bosqichida afsuski, qator
jinoiy illatlar, korruptsiya va uyushgan jinoyatchilik kabi jirkanch hodisalar bilan
to`qnash kelishi mumkin. SHu bilan birga, jinoyatchilikning o’sishi nafaqat
islohotlar yo’liga jiddiy to’siq, bilki o’tish davrida belgilangan maqsadlarga
erishishga ham qarshi bevosita tahdid tug’dirishi o’zining isbotini topgan.
4

