Page 6 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 6

Darhaqiqat,  O’zbekiston  tarixida  yangi  ijtimoiy-siyosiy  o’zgarishlar  davri

                boshlandi. Va o’z-o’zidan aniqki bu o’zgarishlar osonlik bilan bormaydi, ichki va

                tashqi  g’ayrli  kuchlar  yangilanishlarga  yo’l  qo’ymasligi tabiiy.  Bunday  jarayonda

                hushyorlik    muhim  bo’lsada,  aksariyat  davlatlarda  korruptsiya  vujudga  kelib,  eng

                avvalo  uyushgan  jinoiy  tuzilmalarga  madadkor  bo’lish  yoki  to’g’ridan-to’g’ri

                yordam berish uchun davlat xizmatining  imkoniyatlaridan foydalanishni boshlaydi.

                Bu esa jinoyatchilik va korruptsiyaning jamiyatga yetkazadigan zararini xavfsizlik

                va  barqarorlikka  to’g’ridan  to’g’ri  tahdid  sifatida  baholash  imkonini  beradi.

                Ayniqsa,  davlat  hokimiyati  tuzilmalarining  turli  bo’g’inlari  va  turli  darajalari

                vakillari  ham  uning  yo’ldan  ozdiruvchi  ta’siriga  tushganini  sezmay  qoladi.

                Korruptsiya domiga ilingan mansabdorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va

                urug’-aymoqlarining  manfaatlarini  davlat  va  umummilliy  manfaatlardan  ustun

                qo’yadi.  Bu  esa,  mamlakatning  siyosiy  va  iqtisodiy  yo’liga  hamda  aholining

                aksariyat qismiga tuzatib bo’lmaydigan zarar yetkazadi.
                       Jamiyatda  huquqiy  ong  va  huquqiy  madaniyatni  yuksaltirish  korruptsiyaga


                qarshi kurashishning asosiy  choralari bo’lmish  huquqiy ta’lim va  huquqiy  tarbiya
                tizimini  takomillashtirishni,  barcha  davlat  organlari,  mansabdor  shaxslar  va

                fuqarolar  tomonidan  qonun  va  huquqqa  bo’lgan  ijobiy  munosabatga  yetishish,

                aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini

                ta’minlashni  o’z ichiga oladi.

                       Xususan,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  SH.M.Mirziyoev  o’z

                ma’ruzalarida  davlat  ishida  faoliyat  olib  boruvchi  har  bir  rahbarining  lavozim

                doirasidagi  burchini  xis  etgani  holda  quyidagi  muhim  vazifalarni  ta’kidlab:

                “Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni - bu

                Bosh vazir yoki uning o’rinbosalari bo’ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar oqimi

                                                                                                    1
                bo’ladimi ular faoliyatining kundalik qoidasi bo’lib qolishi kerak” degan edi .


                    1
                     Mirziyoev  SH.M.  Tanqidiy  tahlil,  qat’iy  tartib-intizom  va  shaxsiy  javobgarlik  –  har  bir  rahbar  faoliyatining
                    kundalik qoidasi bo’lishi kerak. -T.: “O’zbekiston”, 2017.– 102 b.
                                                              5
   1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11