Page 177 - ANSAMBL IJROCHILIGI: TARIX, NAZARIYA, AMALIYOT: Хalqaro ilmiy-amaliy seminar materiallari to'plami
P. 177

Klarnet va fortepiano uchun yozilgan asarlarda
                                jo‘rnavozlik mahoratining ahamiyati

                                                 Sabitova Nilufar

                                                    O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
                                        Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litsey
                                                                       O‘zbekiston, Toshkent


                        Annotatsiya: Maqola  klarnet  va  fortepiano  uchun  yozilgan  asarlar
                  ustida  ishlash  jarayonida  ansambl  muammolarini  o‘rganish  masalalariga
                  bag‘ishlangan.  Muallif  ansambl  ijrochiligi  san’atini  o‘rgatish  usullarini
                  o‘rganib chiqib yoritadi va ijro etishning bir qator muammoli masalalariga
                  to‘xtaladi.
                        Kalit so‘zlar:  klarnet, fortepiano, duet, jo‘rlik, jo‘rnavozlik, mahorat
                        Аннотация:   Статья посвящена исследованию ансамблевых задач
                  в процессе работы над произведениями, написанными для кларнета и
                  фортепиано.  Автор  исследует  и  анализирует  способы  обучения
                  искусству ансамблевого исполнительства и решает ряд проблемных
                  задач.
                        Ключевые  слова: кларнет,  фортепиано,  дуэт,  аккомпанемент,

                  ансамбль, мастерство.
                        Abstract:  The article is devoted to the study of ensemble tasks in the
                  process  of  working  on  works  written  for  clarinet  and  piano.  The  author
                  investigates and analyzes ways of teaching the art of ensemble performance
                  and solves a number of problematic problems.
                        Keywords:  clarinet, piano, duet, accompaniment, ensemble, mastery.

                        Jahon klassik musiqasi boy tarixga ega bo‘lganligi sabab o‘ta serqir-
                  radir. Har bir davr, har bir mamlakat va milliy ijrochilik maktabi cholg‘uchi-
                  dan  musiqa  tarixidan  chuqur  bilimlar  sohibi  bo‘lishni  talab  etadi.  Zamon
                  o‘zgarishi bilan, ham kompozitorlarning, ham ijrochilarning mahorat dara-
                  jasi osha borgan. Bu holat musiqiy asarlarning tobora murakkablashishiga,
                  musiqiy  tilning  ifodaviy  unsurlarga  boyishiga  olib  kelgan.  Shuning  uchun
                  yakkaxon hamda jo‘rnavoz oldiga qo‘yiladigan ritmik aniqlik, musiqiy qat-
                  lamning ravonligi, nafas bilan ishlash, pedallashtirish texnikasining tiniqligi,
                  garmoniya almashuvining go‘zal rang-barangligini tom ma'noda aks ettira
                  olish singari umumiy talablardan tashqari, musiqiy asarlarning davriy-uslu-
                  biy, hamda u yohud bu milliy maktab namoyondaviyligi tasnifiga ko‘ra, har
                  birining ifodaviylik qirralarini aniq belgilab olgan holda ular ustida ish olib
                  bormoq lozim.
                        Klarnet cholg‘usi XVIII asrning ikkinchi yarmidan musiqa sahnalarida
                  yangray  boshlagan.  Ammo  deyarli  bir  asr,  ya’ni  paydo  bo‘lish  davridan




                                                                                          175
   172   173   174   175   176   177   178   179   180   181   182