Page 178 - ANSAMBL IJROCHILIGI: TARIX, NAZARIYA, AMALIYOT: Хalqaro ilmiy-amaliy seminar materiallari to'plami
P. 178
boshlab to 1780-1790-yillarga qadar, ko‘pgina orkestrlarda klarnet ijrochi-
lari umuman faoliyat yuritmagan [1, 86 b]. Vaziyatni o‘zgartirish maqsadida
XVIII asrning 100 ga yaqin kompozitorlari klarnet va orkestr uchun konsert
yaratishni boshlaydilar. Ularning ichida Iogann va uning o‘g‘li Karl Stamitslar,
Frans Ksaver Pokorni, Iogann Vanhal, Ernst Ayxner, Leopold Kojelux, Mihael
Gaydn, Frans Anton Hofmayster, Ignats Pleyel ijodiyoti alohida o‘rin tutadi
[2, 149 b].
O‘z zamonasining virtuoz klarnet ijrochilari ham o‘z konsert dastur-
larini boyitish niyatida bir qator asarlar bastalaydilar. Ulardan Iogann Genrih
Bakofen, Frans Taush, Yozef Ber, Jon Megon, Jan Lefevr, Mishel Yost kabilarni
sanab o‘tmoq mumkin. Mishel Yost klarnet ijrochiligining fransuz maktabi
asoschisi hisoblanadi. U klarnet va orkestr uchun 14 ta konsert yozgandir.
1770-yilda esa birinchi klarnet sonatasi yaratilgan. Uning muallifi – Italiya
kompozitori Gregorio Shiroli. [3]
1740-yillarning oxirida klarnet asbobi orkestr cholg‘usi sifatida o‘sha
davrning mashhur orkestrlaridan sanalmish Fransiyadagi Aleksandr La
Puplinyer orkestri jamoasida o‘z tarixini boshlaydi. Ushbu orkestrning eng
mohir klarnet ijrochilaridan biri bo‘lmish Gaspar Proksh musiqa tarixida
alohida nom qozongan. Ba’zi manbalarga ko‘ra, aynan Prokshga Iogann
Stamits o‘zining klarnet va orkestr uchun Si-bemol major konsertini
bag‘ishlagan. Iogann Stamits o‘z davrining yetuk musiqiy arbobi bo‘lib, 1754-
55-yillarda Aleksandr La Puplinyer orkestrini dirijyor sifatida boshqargan.
[4, 150 b]. Uning yuqorida aytib o‘tilgan konserti tarixda B klarnet uchun
yozilgan birinchi konsertdir.
XVIII asrda B klarnetning diapazoni 3 oktavadan oshgan (hozirgi kunda
4 oktavadan oshishi mumkin) va u «katta» klarnet deb atalgan. Stamits o‘z
konsertida ushbu klarnetda mavjud diapazonni to‘laqonli aks ettiradi.
Iogann Stamitsdan oldin ijod qilgan kompozitorlar, ushbu jumladan, Iogann
Melhior Molter, klarnet va orkestr uchun konsertlarni D klarnet uchun
yaratganlar. D klarnet B klarnetda mavjud faqat tepa registrni qo‘llaydi va
shuning uchun bugungi kunda «kichik» klarnet deb nomlanadi.
Klarnet uchun yaratilgan asarlar majmuasini yanada kengaytirish va
cholg‘uning musiqiy sahnalarda tutgan o‘rni va mavqeini ko‘tarishda Vena
klassisizm davrining yorqin namoyondasi Volfgang Amadey Mosartning
hissasi beqiyos.
Musiqashunoslarning taxminiga ko‘ra, Mosart klarnet cholg‘usi bilan
ilk bor 1764-yili Karl Fridrix Abelning simfoniyalaridan birini o‘rganayotgan
chog‘ida tanishgan. O‘z ijodiga esa u klarnetni birinchi marotaba 1771-yilda
yozgan KV113-sonli divertismentiga kiritadi. Keyinchalik esa 1773-yilda
yaratgan yana 2 ta divertismentida ham qo‘llaydi. Mosart ijodiyotidagi
klarnet uchun yozilgan asarlarning cho‘qqisi deb uning 1791-yilda bitilgan
klarnet va orkestr uchun KV622-sonli konserti sanaladi. Ushbu konsert
176

