Page 179 - ANSAMBL IJROCHILIGI: TARIX, NAZARIYA, AMALIYOT: Хalqaro ilmiy-amaliy seminar materiallari to'plami
P. 179
kompozitorning so‘nggi asari bo‘lib, dunyoning barcha musiqiy ta'lim
muassasalari va konsert zallarida o‘rganiladi va ijro etiladi. [5, 39-40 b]
Ma'lumki, XVIII asrning ko‘pgina kompozitorlari mohir klavesin
ijrochilari bo‘lgan. Buning natijasida orkestr partiturasini yaratishda ular
klavesinga xos xususiyatlarni beixtiyor aks ettirganlar. Misol tariqasida
klavesin cholg‘usiga xos dinamik qarama-qarshilik, ya'ni baland ovozda
tovush chiqarishga asta-sekinlik bilan emas, balki keskin o‘tish usulidan keng
foydalanish uslubini keltirmoq mumkin.
Orkestr jo‘rligiga xos bo‘yoqlarni klavirga yo‘qotishlarsiz ko‘chira olish
ham bir san’at. Partiturani klavir shakliga keltiruvchi kompozitorlar,
ijrochilar, muharrirlarning mehnat mahsuli ham mualliflar ijodi singari
jo‘rnavozlar tomonidan chuqur tadqiqot etiladi. Jo‘rnavoz klavir ustida ish
olib borgan barcha muharrirlarning ijod na'munalarini bilishi, ularni o‘zaro
qiyoslay olishi kerak. Muharririyatlarning barida o‘ziga xos ustunlik va
afzalliklar mavjud. Ularning xilma-xilligidan jo‘rnavoz dars yoki sahnaoldi
jarayoniga mos keluvchi klavirni tanlashi lozim.
Klarnet va orkestr uchun KV622-sonli konsertining orkestr partitu-
rasini klavir shakliga keltirgan muharrirlar sirasida Genri Kling hamda Klaus
Burmayster dunyo musiqa arboblari tomonidan yuksak baholanadi. Men
ham o‘z jo‘rnavozlik faoliyatimda Burmayster muharririyatini qo‘llayman.
Konsert, o‘z davri uchun an’anaga aylangan, 3 qismdan iborat. Uning I
qismida jo‘rnavoz Mosart ijodiga xos ijrochilik muammosiga duchor bo‘ladi.
Mosartning bu konsertida uning boshqa konsertlaridagi kabi birinchi qism
tantanavor va muhtasham kirish o‘rnida keladi. Muallif asarning orkestr jo‘r-
ligida aks ettirgan bayram shukuhini to‘laqonli ifoda etish uchun Burmayster
fortepiano jo‘rligini oktava va akkordlar tizmasi bilan boyitadi. Bunday
yo‘g‘on usulda ifoda etilgan jo‘rlik, odatda, og‘ir yangrash xususiyatiga ega.
Ammo Mosartning kompozitorlik uslubiga bu hodisa mutlaqo zid hisobla-
nadi. Mosart asarlarida musiqiy qatlam, qanday texnik unsurlardan tarkib
topganidan qat'iy nazar, doimo yengil, quvnoq va mayin tusda yangrashi dar-
kor. Ushbu uslubni yaqqol aks ettira olish uchun musiqiy fikrning kuychan-
ligiga, legato ning uzviysizligi va staccato ning yengilligiga alohida e'tibor
qaratish zarur.
Turkumning II qismi jahon musiqa durdonalari sirasiga kiradi. U ba'zi
konsert dasturlarida boshqa qismlardan ayri holda ham ijro etiladi. Qism
Adagio sur'atida yozilgan. U klarnet ijrochilari uchun nafas olish hamda dina-
mik unsurlarni tom ma’noda namoyish eta olish jihatidan o‘ta murakkab. Bu
yerda jumlalar uzun va ularning har biri yetarli darajada nafas bilan ta’minla-
nishi zarur. Jo‘rnavozning diqqati doimiy ravishda yakkaxonning nafas olish
texnikasida jamlangan bo‘lib, u bilan hamnafas va hamfikr bo‘lmog‘i lozim.
Dinamik qiyinchiliklar qismda past ovozda ijro etish bilan bog‘liq.
Klarnetda past ovozda ijro etishga harakat qilinganda ovozning yorqinligi,
rang-barangligini yo‘qotish xavfi mavjud. Bu hol esa turkumning eng go‘zal
177

