Page 63 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 63
Bu usulda shovqinga karshi kurash usuli shovqinni xosil qiluvchi manbaning
ovozini pasaytirish deb ataladi. Mexanik shovqinlarni pasaytirish quyidagi
usullarda amalga oshiriladi: mashina va mexanizmlarning konstruksiyalarini
takomillashtirish, ularning metalldan yasalgan qismlarini plastmasa materiallarga
almashtirish, arbali texnolgik jarayonlarni zarbasiz texnologiyalar bilan
almashtirish masalan, yopishtirishni payvandlashga almashtirish mumkin yoki
tamg‘a bosishni presslashga almashtirish mumkin, shuningdek tishli
o‘tkazgichlarning urniga boshqa uzatish tizimlaridan foydalanish (masalan,
linomerlardan foydalanish) yoki tovush chikarmaydigan xolatdagi tishli
zatkichlardan foydalanishi (masalan, tug‘ri burchakli emas, egri burchakli yoki
shevron shesternalardan foydalanish), qismlarni moylash va shunga o‘xshash
chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali.
Yuqorida aytib o‘tilgani kabi, aerodinamik va gidrodinamik shovkinlar gaz
va suyukliklarning oqimi natijasida yuzaga keladi. Bu ko‘rinishdagi shovqinlar
shuningdek ventilyatorlar, kompressorlar, gaz turlari, ichki yonuv dvigatellari,
bug‘lar yoki xavoni atmosferaga chiqarish jarayonida, samolyot vintlarining
aylanishida, suyuqlikni xaydash qurilmalari ishlash davomida yuzaga kelishi
mumkin.
Aerodinamik va gidrodinamik shovqinlarni susaytirish maqsadida bu
shovqinlar yuzaga keluvchi gaz va suyuqliklar muxitining oqimini ligini
susaytirish, tanalarning aerodinamik xususiyatini pasaytirish, gaz okimi tezligini
pasaytirish va uning okim diametrini toraytirish, ya’ni gaz oquvchi kquvurni
toraytirish; okliklarni xaydovchi kurilmalarning optimal ishlashini ta’minlash;
fotizimlardan boshqa shunga o‘xshash tizimlardan foydalanish jarayonini tug‘ri
tashkillashtirish va boshka chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali erishiladi.
Kupgina xollarda amaliyotda aerodinamik shovkinlar ularni yuzaga keltiruvchi
manbalar asosida susaytiriladi, shu sababli bunda shovqinlar bilan kurashning
boshqa usullaridan foydalaniladi (manbada ovozni ajratib quyuvchi, yoki ovoz
darajasini qaytiruvchi qurilmalarni o‘rnatish).
65

