Page 62 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 62

Shovqin, tebranish, ultra va infratovushlarning asosiy fizik tavsiflarini qarab

                  chiqamiz.

                         Shovqin  -  bu  turli  xil  chastota  va  jadallikdagi  ovozlardan  tashkil  topgan.

                  Fiziologik nuktai nazardan olib qaralganda, shovqin - bu odam organizmiga salbiy

                  ta’sir ko‘rsatuvchi barcha yokimsiz tovushlardan tashkil topgan.

                         Odamning  eshitish  organlari  qabul  qiladigan  ovoz  tebranishlari  mexanik

                  tebranishlar tarzida bo‘lib, taranglik muxitida (kattik, suyuk va gazsimon) tarqalish

                  xususiyatiga ega xisoblanadi.

                         Mexanik  tebranishlarning  asosiy  belgilari  ma’lum  vaqt  davomida

                  jarayonning  takroriy  amalga  oshishi  xisoblanadi.  Bunda  tananing  xarakatlanish

                  davomiyligi minimal vakt oraliklari tebranish davri (T) deb ataladi, unga karama-

                  karshi bulgan kiymat esa - tebranish chastotasi (f) deb ataladi.

                         Ushbu  ko‘rinishda,  tebranishlar  chastotasi  1  sekund  davomida  amalga

                  oshuvchi tebranishlar soni bilan ifodalanadi. CHastotaning o‘lchov birligi - Gers

                  (Gs) xisoblanadi, 1 Gs = 1 s   -1

                         Shovqin,  infra  va  ultratovushlar  va  shuningdek  tebranishlardan  himoya

                  qilish usullari xakida to‘xtalaib o‘tamiz.

                         Turli  xildagi  mexanik  aerodinamik  va  elektromagnit  xodisalar  shovkinlar


                  yuzaga  kelishining  asosiy  sabablari xisoblanadi.  Mexanik shovkinlar  turi  xildagi
                  mashinalar  va  mexanizmlarning  ishlash  jarayonida,  shuningdek  ularning


                  qismlarining  ishkalanishi  va  urilishlarida,  ishlab  chikarish  jarayonida
                  foydalaniladigan  qurilmalarda  (tamg‘a  bosish  kabi)  va  boshqa  bir  qator  omillar


                  ta’sirida  yuzaga  keladi.  Aerodinamik  va  yadrodinamik  shovqinlar  gaz  va
                  suyuqliklarning  oqishi  davomida  yuzaga  keladi.  Elektromagnit  shovqinlar  turli


                  xildagi  elektrik  qurilmalarning  ishlashi  davomida  paydo  buladi.  Sanab  o‘tilgan

                  xolatlardagi ishlab chiqarish inshootlarida shovqinlarga qarshi kurash choralarini,

                  usullarini qarab chiqamiz.

                         Nisbatan keng tarqalgan shovqinga qarshi ratsional xolatdagi ximoya usuli

                  uni  yuzaga  keltiruvchi  manbaning  ovoz  quvvatini  susaytirish  xisoblanadi

                  (mashinalar, qurilmalar, agregatlar va boshqalar).


                                                                64
   57   58   59   60   61   62   63   64   65   66