Page 110 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 110

GLOSSARIY

                Axloq  –  aslida  arabcha  so’z  bo’lib,  xulq-atvor,  yurish-turish,  tarbiya  degan

                ma’nolarni  anglatadi.  «Odob»,  «xulq-atvor»  ma’nolarida  ham  ishlatiladi.  Hozirgi

                vaqtda  bu  tushuncha  jamiyatning  axloqiy  hayotida  yuz  beradigan  barcha

                jarayonlarning majmuini aks ettiradi. Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko’rish

                mumkin:  axloq  umumiy  tushuncha  sifatida  etikaning  tadqiqot  ob’ektini  anglatsa,

                yakka  tushuncha  sifatida  inson  fe’l-atvori  va  xatti-harakatining  o’ziga  xos

                ko’rinishini anglatadi.

                Adolat  (arab.  –  odillik,  to’g’rilik)  –  u  yoki  bu  qadriyatning  o’zaro  umumiy

                munosabatini  va  ularning  individlar  o’rtasida  konkret  taqsimlanishini  ifodalovchi

                tushunchadir. U insonning mohiyati va ajralmas huquqlaru haqidagi tasavvurlarga

                mos bo’lgan jamoa tartibi.

                Deyentologiya – davlat xizmatchilarining asosiy majburiyatlari, ularga quyiladigan
                cheklov va ta’qiqlar majmui to’g’risidagi ta’limot. 1834 yilda Ingliz huquqshunosi


                va faylasuf Iyerimiya Bentam (1748-1832 y.)  «Deyentologiya, odob to’g’risidagi
                ta’limot»  degan  asarida  ilk  bor  davlat  xizmatchilarining  asosiy  majburiyatlari,

                ularga  quyiladigan  cheklov  va  ta’qiqlar  majmui  yaratadi.  Keyinchalik  uning

                ta’limoti  asosida  deyarli  barcha  yevropa  davlatlarida  sohaviy  deyentologiya

                kodekslari qabul qilinadi.

                Jamoatchilik  nazorati-  jamoat  birlashmalari  tomonidan  davlat  xokimiyati  va

                boshqaruvi  organlari  faoliyatining  amaldagi  qonunlarga  mosligini  aniqlash  va

                baholash bo’yicha yuritadigan faoliyat turidir.

                Jinoyat  –  qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy havfli qilmish.

                Ijtimoiy  adolat- barcha ijtimoiiy toifalarning jamiyatda o’z o’rni  mavjudligini va

                qonun oldida o’zaro teng huquqlarga ega ekanligini e’tirof etish.

                Ijtimoiy sheriklik-davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik

                jamiyatinining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish


                                                             109
   105   106   107   108   109   110   111   112   113   114   115