Page 114 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 114
manfaatlarini ko’zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga unga bevosita yoki
vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki
uni mulkiy manfaatdor etishdir
Pora olish-berishda vositachilik qilish (O’zR JKning 212-moddasi).
pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishiga qaratilgan faoliyat,
shuningdek, manfaatdor shaxslarning topshirig’i bilan porani bevosita berishdir.
Rahnamolik, favoritizm (fr. favorit)ximoya ostidagi ayrim xodimlarni yaqin olish
va qullab-quvvatlash.
Rostgo’ylik – halollikning bir ko’rinishi bo’lib, haqiqatni gapirish, o’zining ham,
o’zgalarning ham qadr-qimmatini to’g’ri baholash, yaxshini yaxshi, yomonni
yomon deb ochiqchasiga aytishdir. Rostgo’ylik vijdon tushunchasi bilan bog’liq,
insonning o’zgaga munosabati o’ziga munosabatidek sof bo’lishini talab etuvchi
meyorlardir.
Transparency International – xalqaro nodavlat tashkilot hisoblanib, 1993 yilda
Piter Aygen tomonidan tashkil etilgan. Dunyoda korruptsiyaga qarshi kurashish va
tadqiqot qilishga ixtisoslashgan. Tashkilot shtab-kvartirasi Berlin (Germaniya)da
joylashgan bo’lib, rahbari doktor Delia Rubio(Argentina)dir. 114 ta milliy
vakolatxonalari mavjud(sh.j. Armaniston, Ozarbayjon, Qozog’iston, Rossiya,
Ukraina). Indeks metologiyasi Endryu Gelman (Kolumbiya universiteti professori)
va doktor Pero Stanig (London maktabining ilmiy hodimi) tomonidan 1995 yilda
ishlab chiqilgan.
Urug’-aymoqchilik – feodal jamiyatlarga xos qon-qarindoshlik aloqalari bilan
bog’langan odamlarning birligidir. Bugungi dunyoda haqiqiy ma’nodagi urug’-
aymoqqa bo’lingan jamiyatni topish mushkul bo’lsa kerak. Lekin ba’zan u shakli
o’zgargan, "yangilangan" holda mavjud bo’ladi. Ko’pgina mamlakatlarda
qondoshlik rishtalari hozir unchalik kuchli emas. Biroq ular o’rniga boshqa
mushtaraklik, boshqa birlikning rishtalari, jumladan, yurtdoshlik, hududiy yaqinlik
rishtalari vujudga keldi.
113

