Page 112 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 112
Kliyentelizm (ingl. clientelism, lot. Clientēla - mijoz) – yuqori lavozimdagi
mansabdor shaxs va unga xayrixox bo’lgan shaxslar (mansabdor shaxslar,
tadbirkorlar, siyosiy guruhlar) o’rtasidagi normasmiy munosabatlar ko’rinishi.
Rahnamo (patron) va xayrixox, mijoz (kliyent) o’rtasidagi munosabatlar natijasida
rahnamo shaxs mijozlari ma’lum bir iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy maqsadlarga erishsa,
rahnamo o’zining mavqeini kengaytiradi.
Korruptsiya – shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini
yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish
maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni
qonunga xilof ravishda taqdim etish.
Korruptsiyaga oid huquqbuzarlik – korruptsiya alomatlariga ega bo’lgan, sodir
etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish.
Kusli davlatdan –kuchli jamiyat sari- ushbu kontseptsiyaning mohiyati
odjamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati va faolligi yuksalib borgani sari
davlat vazifalarining nodavlat tuzilmalari va fuqarolarining o’zini –o’zi boshqarish
organlariga bosqichma-bosqich o’tish, mahallalarning nufuzi va mavqeyining
o’zishidir.
Lobbizm (ingliz. lobby – kuluar, koridor)rasmiy vakillar bilan norasmiy
shaxslarning o’zaro uchrashib, rasmiy qarorlar ustunlik qabul qilishdagi siyosiy
ta’sirning o’ziga xos turi.
Manfaatlar to’qnashuvi – shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik
shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir
ko’rsatayotgan yoxud ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan hamda shaxsiy
manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning
huquqlari va qonuniy manfaatlari o’rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vaziyat.
Nepotizm(nepotis(lot)-jiyan)- ya’ni qarindosh-urug’chilik– o’z oilasi va do’stlariga
tabiiy g’amho’rlik ko’rsatishga moyil bo’lgan odamning tabiatiga bog’liq bo’ladi.
111

