Page 36 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 36

Jahon  amaliyotida  korruptsiyaga  qarshi  kurashayotgan  davlatlardan  biri

                Amerika  Qo’shma  SHtatlaridir.  AQSHdagi  bir  qancha  qonunlar  mamlakatda

                mansabdor  shaxslarining  lavozim  doirasida  pora  olishlarini  ta’qiqlaydi.  Qo’shma

                SHtatlar  qonunlariga  ko’ra  pora  olish  kriminal  jinoyat  turi  hisoblanib,  noqonuniy

                “rag’batlantirish”,  pora  taklif  qilish  va  olish kabi  jinoyatlar  ham  kriminal  turkum

                jinoyatlar  sarasiga  kiradi.  Federal  qonunlarda  va  shtat  qonunlarida  barcha

                bosqichdagi  hokimiyat  hodimlariga  pora  berishni  ta’qiqlaydi.  AQSHda  davlat

                mansabdor  shaxslarining  korruptsion  jinoyatlarini  oldini  olish  va  unga  qarshi

                kurashish  ancha  ilgari  boshlangan.  Mamlakatda  1977  yilda  qabul  qilingan

                “Korruptsiyaga qarshi amaliyotlar to’g’risida” gi Qonunda korruptsiya bilan bog’liq

                barcha  holatlar  ochiq  oydin  ko’rsatilgan  va  barcha  korruptsion  harakatlar

                              22
                ta’qiqlangan .
                       Belorus      Respublikasida       korruptsiyaga      qarshi     kurash      tajribasi.

                Belorussiyada  davom  etayotgan  tizimli  (iqtisodiy,  siyosiy,  huquqiy,  tashkiliy  va
                mavkuraviy)  o’tish  davrida  korruptsiya  muammosi  ayiqsa  keskin  va  siyosiy


                ahamiyatga  ega  bo’ldi.  Bu  haqda  ommaviy  axborot  vositalarida  aytilgan  va  eng
                yuqori davlat darajasida ko’tarilgan korruptsiyaga qarshi kurash siyosatining muhim

                omili - bu qonun ijodkorligi bo’lib, unga qarshi kurashishining huquqiy asoslarini

                belgilab  berdi.  1997  yilga  kelib  Belorus  Respublikasida  “Jangovar  choralar

                to’g’risida”  qonun  qabul  qilindi.  2001  yilda  esa  Belorus  milliy  havfsizlik

                konseptsiyasi  qabul  qilindi.  Mazkur  hujjatga  ko’ra  korruptsiyaga  qarshi  kurash

                davlatning  ustuvor  yo’nalishlaridan  biri    ekanligi  belgilab  qo’yilgan.  Darhaqiqat,

                mamlakatning  turli sohalarida, huquqni muhofaza qilish, sud, ta’lim  tizimida ham

                korruptsiyaviy  jinoyatlarning  ko’payib  borayotgani  butun  xalq  va  hukumatni

                tashvishga soladi. SHu bois, korruptsiyaga qarshi kurashni takomillashtirish, ta’siri

                kuchli bo’lgan qonunchilik tizimini shakllantirishga harakat boshlanadi.  2002-2006

                yillarga  mo’ljallangan  dastur  ishlab  chiqildi.  Ushbu  dasturning  tashkiliy-huquqiy

                22  Anti –Sorruption in the US. anti-sorruption/
                                                             35
   31   32   33   34   35   36   37   38   39   40   41