Page 35 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 35

Darhaqiqat, mana shunday madaniyatsizlik va ma’rifatsizlikka qarshi Britaniya

                hukumati  boshchiligida har yili  Tashqi  ishlar  vazirligining  barcha elchixonalarida

                korruptsiyaga qarshi kurash bo’yicha seminarlar tashkil etiladi. Xalqaro taraqqiyot

                vazirligi  va Buyuk Britaniya  savdo, investitsiyalar agentligining  qo’shma  loyihasi

                doirasida  korruptsiya  faktlarini  aniqlash  bo’yicha  maxsus  darslik  chop  etiladi.

                Noan’anaviy tarzda mazkur nashr majburiy ravishda xorijiy mamlakatlardagi savdo

                vakolatxonalari va elchixonalarga yuboriladi. Maqsad esa, mamlakat taraqqiyotiga

                g’ov  bo’layotgan  illatlardan  yoppasiga  ogoh  etishdir.  Bu  bir  kishining  yoki  bir

                guruhning,  amaldorlarning,  xalqning  muammosi  emas,  balki  siyosatning,

                iqtisodning  butun  bir  davlatning  kelajagiga,  taqdiriga  dahdor  muammoligini

                anglashdir.

                         Buyuk Britaniya korruptsiyaga qarshi kurash siyosatining muhim tomoni uzoq

                kurashlar natijasida samara berdi va ichki korruptsiya muammosi yo’q deb bong ura

                oladilar.    Ayniqsa,  Angliya  ta’lim  tizimi  korruptsiyadan  mutloq  holi.  Davlat
                korruptsiyaga  qarshi  kurashish  sohasida  ta’lim  dasturlarining  tashqi  yo’nalishini


                so’zsiz  qo’llab-quvvatlaydi.  Bunday  harakatlar  qatoriga  “Britaniya  korruptsiyaga
                qarshi  kurash  forumi”,  “Transparency  International”,  “Qashshoqlikka  qarshi

                muhandislar”,  “Bosh  infrastruktura-korruptsiyaga  qarshi  kurash  markazi”

                kabi nodavlat  tashkilotlari  faoliyatiga  taalluqlidir.  Aynan  shu  tashkilotlar

                Londonning korruptsiyani global bartaraf etish g’oyasining eng faol namoyondalari

                hisoblanadi.  Agar  jiddiy  e’tibor  berilsa  shu  tashkilotlar  dunyo  miqiyosida

                korruptsiyaga  qarshi  harakatlar  va  davlatlarning  bu  masalaga  e’tiborini,  davlatlar

                hayotida  korruptsiyaning holatini  tahlil  etadigan yirik xalqaro  tashkilot  darajasiga

                ko’tarilgan.  SHu sabab ham Britaniya nodavlat tashkilotlari davlat organlari, biznes

                va  xorijiy  davlatlarning  fuqarolik  jamiyati  institutlari  uchun  korruptsiyaga  qarshi

                                                                                  21
                ta’lim dasturlarini beg’arazlik asosida amalga oshirib boradi .


                21
                  edited by David Whyte. How Sorrupt is Britain? First published 2015 by Pluto Press 345 Archway Road, London
                N6 5AA
                                                             34
   30   31   32   33   34   35   36   37   38   39   40