Page 55 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 55
uchun davlat statistika Qo’mitasiga bir qator huquqlar berildi. Portalni
takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi, ochiq ma’lumotlar to’plamlari
ro’yxatini tuzish, ustuvor xalqaro ma’lumotlar bazalarini o’rganib chiqishga mas’ul
vazirlik va idoralar ro’yxati, ma’lumotlarning ochiqlik holatini o’rganish, "Ochiq
ma’lumotlar indeksi” va "Ochiq ma’lumotlar barometri” talablariga muvofiqligi,
tegishli indikatorlarni joylashtirish bo’yicha vazirlik va idoralar ro’yxati, Statistika
salohiyati indeksida mamlakat o’rnini yaxshilashga oid "Yo’l xaritasi”, Jahon
bankining statistika salohiyati indeksida mamlakat reytingini yaxshilashning
maqsadli ko’rsatkichlari, Xalqaro byudjet hamjamiyatining Byudjet ochiqligi
indeksida 2020 yildan boshlab Respublikamizning ishtirokini ta’minlash bo’yicha
"Yo’l xaritasi”, 2020-2021 yillarda Davlat statistika qo’mitasida yangilanishi lozim
bo’lgan axborot-kommunikatsiya tizimlari uskunalari ro’yxati ushbu qaror asosida
52
tasdiqlandi . Portalda e’lon qilinadigan axborotlarning to’liqligi, ishonchliligi, o’z
vaqtida shakllantirilishi, mamlakatimizga oid axborotlarning oshkoraligi va
foydalanish erkinligi, axborotni shakllantirishda xalqaro metodologik standartlarga
javob berish, tavsiyalarni o’rganish va amalda qo’llashda, Portalda e’lon qilinadigan
ro’yxatni muntazam yangilab turishda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining
vazifalari belgilab berildi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Korruptsiyaga qarshi
kurashish bo’yicha idoraviy hujjatlar qabul qilingan bo’lib, ular O’zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tizimida “Korruptsiyaga qarshi kurashish dasturi”,
“O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korruptsiyaga qarshi kurashish
siyosati”, “O’zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining
odob-axloq qoidalari” kabilardir. Adliya organlari rahbarlarining korruptsiyaga oid
huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo’yish maqsadida
tizimli ravishda fuqarolar va tadbirkorlar bilan sayyor tarzdagi uchrashuvlar tashkil
52
"Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning strategik salohiyatini
oshirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” PQ-4273. 2019 y, 9 aprel/: lex.uz
54

