Page 54 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 54
faoliyati to’g’risidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligi kafolatlangan.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to’g’risida axborot taqdim
etishda avvalo, fuqarolarning o’z sha’ni va qadr-qimmatini tajovuzlardan, o’z
shaxsiy hayotiga aralashuvlardan himoya qilishga bo’lgan huquqlari va qonuniy
manfaatlariga, shuningdek fuqarolar, yuridik shaxslarning o’z ishchanlik obro’sini
himoya qilishga bo’lgan huquqlariga rioya etish kabi muhim vazifalar belgilandi va
tizimli amalga oshirilib kelinmoqda.
Ushbu qonuning 7-moddasida davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining
faoliyati to’g’risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik
shaxs axborotdan foydalanuvchi ekanligi hamda u ba’zi huquqlarga ega ekanligi
ko’rsatilgan. Ushbu huquqlarga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining
faoliyati to’g’risidagi ishonchli axborotni olish, tarqatish, davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risida axborot olishni rad etish yoki
axborotdan foydalanuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham
foydalanishi ko’rsatib o’tilgan.
SHuningdek, ushbu Qonunning 12-moddasida davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlarining faoliyati to’g’risidagi axborotni e’lon qilish (chop etish)
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy nashrlari, rasmiy veb-saytlari,
51
shuningdek ommaviy axborot vositalari amalga oshirishi belgilab berildi .
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M Mirziyoevning 2019 yil 9 aprelda
"Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning
strategik salohiyatini oshirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi
qarori bilan axborotlarning umumfoydalanish uchun ochiqlik holati, ochiq
ma’lumotlarning oshkoralik va sifat darajasi, ularni fuqarolarga va jahon
hamjamiyatiga yetkazishning amaldagi mexanizmlari qabul qilingan xalqaro
talablarga to’liq javob bermaydi va natijada mamlakatimizning statistika salohiyati
indeksidagi o’rni pastligicha qolmoqda. "Elektron hukumat” Portalini rivojlantirish
51
“Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risidagi” O’RQ-369. 2014 y, 5 may. /lex.uz
53

