Page 11 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 11

qismini gunoh yo’li bilan yeyish (o’zlashtirish) maqsadida uni hokimlarga havola

                                                                            5
                etmangiz!” (Baqara surasi, 188 oyat) deya ta’kidlanadi .
                         SHuningdek,  jamoada  o’z  lovozimidan  foydalanib,  noqonuniy  ishlarga

                bosh  qo’shishning  yana  bir  sabablaridan  biri  bu  qarindosh-urug’chilikdir.  Bu

                atama  o’zbeklarda  ijobiy  sifat  ko’rinishida  namoyon  bo’lib  qolmasdan,

                jamoatchilik tushunchasi bilan to’ldiriladi. Jamoatchilik o’zbeklarning an’anaviy

                odatlaridan  bo’lib,    qarindoshlar  oila  birdamligini  tashkil  etadi.  Go’yoki  hech

                kimga  zarar  bermaydigandek  tuyuladi.  Bu  jarayon  ba’zida  davlat  xizmatlarida

                hech  bir  me’yorga  to’g’ri  kelmaydi  hamda  o’z  qarindoshlarini    yaqin  atrofiga

                jamlab,  korruptsiyaga  yo’l  ochib  berish  kabi  ayanchli  ko’rinishlarda  namoyon

                bo’ladi. Ilmiy atamada qarindoshlik “nepotizm” deb ataladi. Ushbu tushunchaga

                ta’rif berishdan oldin uning mohiyatini anglash lozim. Korruptsiya mohiyati va

                sabablari  haqida  so’z  borganda  ko’plab  olimlar  uning  yumshoq  ammo  ayachli

                korruptsiya turlarini ko’pligini ta’kidlaydilar.
                       Demak, yumshoq korruptsiyaning bir qancha turlari bor. Ular nepotizm –


                ya’ni, urug’-aymoqchilik, mahalliychilik, qarindoshlik va boshqalardir. Nepotizm
                bu  qarindoshlariga,  tanishlari  va  do’stlariga  foydali  lavozimlarni,  martabalarni,

                ko’chmas      mulkni,     shaxsiy     hokimiyat     va    ishbilarmonlik      aloqalarini

                mustahkamlash  maqsadida  taqsimlash  va  shu  orqali  qaror  qabul  qilishda

                foydalaniladigan bo’ysunuvchilar va hamkasblar tizimini yaratishdir. Nepotizm,

                bu  qarindosh-  urug’chilikka,  o’z  oilasi  va  do’stlariga  tabiiy  g’amho’rlik

                                                                                     6
                ko’rsatishga moyil bo’lgan odamning tabiatiga bog’liq bo’ladi  .
                       O`zbeklar  nepotizmni mental tushuncha sifatida qabul qiladilar va ko’proq

                ijobiy  tomonlarini  ko’rishga  intiladi,  afsuski,  bu  an’ana  daxshatli  sabablarni

                keltirib  chiqarishi  mumkinligini  o’ylamaydilar.  Masalan,  tariximizda  buyuk

                hukmdorlarning  oqil  farzandlari  mamlakatni  odillik  bilan  boshqarganligi

                5
                   Qur’oni Karim ma’nolari tarjimasi. Tarjima va izohlar muallifi Mansurov A. – T.: SHarq, 2012.
                6
                  Сулакшин  С.С.,  Максимов  С.В.,  Aхметзянова  И.Р.  и  др.  Государственная  политика  противодействия
                коррупции и теневой економике в России. Монография в 2-х томах. Т. 2. -М.: Научный експерт, 2009. с- 304
                                                             10
   6   7   8   9   10   11   12   13   14   15   16