Page 46 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 46
4. EKOLOGIYA
Jahon moliyaviy - iqtisodiy inqiroziga qaramasdan, xukumatimiz tomonidan
2009 - 2014 yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
qayta jihozlash bo‘yicha muxim loyihalarni amalga oshirishga doir chora -
tadbirlar dasturiga asosan mamlakatimizda bir - qator amaliy ishlar amalga
oshirilmoqda.
Shu o‘rinda mamlakatimizda mavjud sharoitlardan kelib chiqqan xolda,
gazni qayta ishlash, neft – kimyo, kimyo sanoati, energetika, avtomobilsozlik va
boshqa soxalarni jadal rivojlantirishga, Muborak gazni qayta ishlash zavodi va
Sho‘rtanneftegaz majmuasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirish
uchun propan – butan aralashmasi moslamalarini qurish, yangi Angren issiqlik
elektr stansiyasi energiya bloklarini ko‘mir yoqilg‘isi bilan ishlash tizimiga o‘tish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Sanoatimizdagi bunday o‘zgarishlar albatta o‘z navbatida mamlakatimizdagi
mavjud ekologik muammolarni xam parallel ravishda xal etishni talab etadi, ya’ni
o‘z imkoniyatlarimizdan kelib chiqqan xolda gaz, suyuq va qattiq chiqindilarni
qayta ishlash, utilizatsiya qilish, muqobil energiya manbalaridan foydalanib
energiya tejamkorligiga erishish va shu kabilardir.
Shuningdek 2009 yili mamlakatimiz xayotda xaqiqatdan xam ulkan tarixiy
ahamiyatga ega bo‘lgan eng muhim ixtimoiy dastur – kadrlar tayyorlash milliy
dasturi ijrosi natijasiga etkazidi.
Shundan kelib chiqqan xolda, xamda «Barkomol avlod yili» munosobati
bilan farzandlarimiz nafaqat jismoniy va manaviy sog‘lom, balki zamonoviy
intellektual bilimlarga ega bulgan, XXI asr talablariga tuliq javob beradigan etuk
mutaxassislarni tayyorlash xam dolzarb masalalardan biri bo‘lishi kerak.
Tabiat va insonning vujudga kelishi niyatining xozirgi qadar davom etib
kelayotgan xayotning diqqat markazida turgan, echimini topgan tushunchalardir.
Inson tabiati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ularni aslo ayri - ayri holda tasavvur etib
bo‘lmaydi.
48

