Page 51 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 51

balki  dunyo  axolisi  xayotiga  xavf  –  taxdid  solib  turgan  global  ekologik

                  muammolar va ularning echimi keng qamrovda, ilmiy asosda isbotlab berildi. Ular

                  turli xil ekologik muammolar va taxdidlarni bartaraf etishda qo‘l kelib dastur ul

                  amal vazifasini bajarmoqda.

                         Demak  yuqoridagi  fikrlardan  kelib  chiqqan  xolda  meni  bitirayotgan

                  malakaviy  bitiruv  ishim  mavzusi  va  uning  atrof  muhitga  ta’siri  uncha  katta

                  bo‘lmasada,  ammo  atrof  muhitni  sog‘lomlashtirish  maqsadida  qo‘yidagi  chora

                  tadbirdarni  kiritdim.  Ya’ni  elektr  maydon  saqlanish  uchun  maxsus  himoya

                  vositalarini  tashkil  etish  o‘z  vaqtida  profilaktika  ishlarini  olib  borish,  bu  atrof

                  muhit muhofazasi bo‘yicha loyixamga kiritgan atrof muhitni va sog‘lomlashtirish

                  xam ekologik ahamiyat kasb etadi.

                         Energetika  tizimi.  Keyingi  yillarda  energetika  jadal  sur’atlar  bilan

                  rivojlanmoqda va yaqin kelajakda uning rivojlanish sur’atlarini yanada yuksaltirish

                  nazarda  tutilmoqda.  Energiya  resurslaridan  foydalanish  ortgan  sari  uning  turlari

                  ko‘payib  bormoqda.  Yadro  yoqilg‘isining  hissasi  tez  ortib  bormoqda.  Umuman

                  dunyo bo‘yicha energiya resurslaridan foydalanish va ishlab chiqarish 2000 yilda

                  20 milliard tonna shartli yoqilg‘i miqdorigacha ortdi, bunda yadro yoqilg‘i umumiy

                  yoqilg‘i  balansining  1/5  qismini  tashkil  etadi.  Quruqlikdagi  organik  yoqilg‘i


                  konlari  bilan  bir  qatorda  dunyoning  qurg‘oqchil  iqlimli  rayonlarida  neft  va  gaz
                  qazib  chiqarish  rivojlandi,  shuningdek  bitumli  qum  va  slanetslardan,  shamol,


                  quyosh va boshqa bir qancha noodatiy energiya resurslaridan foydalanishga keng
                  imkoniyatlar  yaratilmoqda.  Issiqlik  elektr  stansiyalari  qazib  chiqaradigan


                  yoqilg‘ining  taxminan  uchdan  bir  qismini  sarf  etadi.  Mazkur  rayondagi  atrof
                  muhitga  ham,  biosferani  umumiy  holatiga  ham  katta  zararli  ta’sir  ko‘rsatishi


                  mumkin. Hozirgi bosqichda energetika bilan atrof muhitning o‘zaro ta’siri muhim

                  masala bo‘lib, ilmiy-texnikaviy tafakkurning asosi hisoblanadi va aloxida e’tibor

                  berishni talab qiladi.

                         Energetikaning rivojlanishi va turli tipdagi energetik qurilmalarning o‘zaro

                  atrof-muhitdagi  barcha  komponentalari  bilan  ta’sirining  elementar  jarayonlari

                  haqida  ma’lumotlar  turli  xil  o‘zaro  ta’sirlarni  baholash  uchun  xizmat  qiladi.


                                                                53
   46   47   48   49   50   51   52   53   54   55   56