Page 50 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 50

ta’siriga  oid  bir  qator  muammolarni  xal  etish  faqat  bir  mamlakat  doirasida

                  cheklanib  qola  olmaydi.  Ularni  butun  sayyoramiz  ko‘lamida  xal  qilish  zarur.

                  Ko‘rinib  turibdiki,  tabiiy  muhitni  inson  yuritadigan  xo‘jalik  faoliyatining  zararli

                  ta’sirlaridan himoya qilish bilan bog‘liq ko‘pgina muammolar keng ko‘lam kasb

                  etadi. Shu sababli ular faqat xalqaro xamkorlik asosida xal qilinishi lozim”.

                         Ekologik muammolar butun dunyoning xamma joylarida dolzarb muammo

                  bo‘lib  qolmoqda.  Xususan  Markaziy  Osiyoda  keyingi  yillarda  ekologik  jihatdan

                  o‘ta  og‘ir  sharoit  vujudga  kelgan.  Bunga  mintaqadagi  eng  katta  ekologik  taxdid

                  Orol  muammosini  xal  etishni  Prezident  I.  Karimov  o‘z  asarlarida  keng

                  jamoatchilik oldidagi nutqlarida ilmiy asoslab, uni xal etishda xalqaro jamoatchilik

                  faol ishtirok etishi zarurligini ta’kidlagan edilar.

                         O‘zbekiston  Prezidenti  I.  Karimov  2000  yil  sentyabr  oyida  BMT  Bosh

                  Assambleyasidagi  so‘zlagan  nutqida  xam  Orol  muammosi  butun  insoniyat

                  muammosi ekanligini, uni xal etish uchun xar bir kishi mas’ul ekanligini ta’kidlab

                  shunday so‘zlagan edi: “Men BMT va boshqa xalqaro anjumanlar minbaridan Orol

                  dengizi  xavzasi  muammolari  bir  necha  bor  gapirganman.  (Orol  muammosi

                  Markaziy  Osiyo  xududi  doirasidan  chiqib  ketdi  va  jahonshumul  axamiyat  kasb

                  etmoqda.  Uning  salbiy  oqibatlarini  bugungi  kunda  iqlim  sharoiti,  biologik


                  muvozanatning  o‘zgarishida,aholi  salomatligi  va  bo‘lg‘usi  avlod  genofondiga
                  ta’sirida ko‘rish mumkin)


                         Orol dengizining falokati Evropa uchun, sayyoramizning boshqa xududlari
                  uchun  qanday  xatarli  va  kutilmagan  oqibatlarni  yuzaga  keltirishi  mumkinligiga


                  kishini  ishontirish  yoki  buni  isbotlab  o‘tirishning  xojati  yo‘q,  deb  o‘ylayman.
                  Ushbu muammoga befarqlik qanday natijalarga olib kelishi barchaga ayon.


                         Ekologik xavfsizlik sohasidagi xalqaro xamkorlikka ko‘mak berish, xalqaro

                  tuzilmalar  va  donor  davlatlarning  moliyaviy  mablag‘larini  jalb  etish  maqsadida

                  BMTning atrof - muhit bo‘yicha dasturi xuzurida Orol va Orol bo‘yi muammolari

                  kengashini tuzishni taklif qilaman”-  deb juda xayotiy fikrlar aytilgan edi.

                         Darhaqiqat,  yuqorida  ta’kidlanganidek  Prezident  I.  Karimov  asarlarida,

                  maqolalarida, nutqlarida nafaqat markaziy Osiyo mintaqasi ekologik muammolari,


                                                                52
   45   46   47   48   49   50   51   52   53   54   55