Page 57 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 57
Fizik omillarga elektr toki, xarakatlanuvchi mashinalarning, qurilmalar va
ularning kismlarining kinetik quvvati, idishlardagi bug‘ va gazlar, chidash qiyin
bo‘lgan darajadagi shovqinlar, tebranishlar, [fra- va ultratovushlar, yoritishning
etarli emasligi, elektromagnit shdon, ionlashtiruvchi nurlanishlar va boshqalir
kiritiladi.
Kimyoviy omillar - odam organizmiga turli xil xolatlarda zararli bo‘lgan
moddalardan tashkil topgan.
Mehnatning ximoyalanishi xavfsizlikni ta’minlovchi va mexnat jarayonida
mehnat qobiliyatini xamda sog‘likni saqlashga qaratilgan ijtimoiy-iktisodiy,
tashkiliy, texnik gigienik va davolash - oldini olish tadbirlari va anjomlarini o‘z
ichiga oluvchi qonun doirasidagi akt sifatidagi tizim ko‘rinishida belgilanadi.
Ishlab chikarish sanitariyasi - bu tashkiliy tadbirlar tizimi va texnik
anjomlarni o‘z ichiga olib, ishchilarga ishlab chiqarishning zararli omillari ta’sirini
kamaytirish va yo‘qotishni ko‘zda tutadi.
Texnika xavfsizligi - ishchilarni xavfli ishlab chiqarish omillari ta’siridan
ximoyalashga qaratilgan tashkiliy va texnik tadbirlar va vositalar tizimidan tashkil
topgan.
YOng‘in va portlash xavfsizligi - yong‘inlar va portlashlarni tugatish va
ularning oqibatlarini cheklashga qaratilgan tashkiliy va texnik tadbirlar va vositalar
tizimidan tashkil topgan.
Mexnatni muxofaza qilish qonunchiligi - mehnat qonunchiligining bir
qismi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish xavfli va zararli omillarining salbiy ta’siridan ishchilarni
ogoxlantirish va ximoyalashning eng keng tarqalgan chora - tadbirlaridan biri -
jamoaviy va individual ximoya vositalaridan foydalanish hisoblanadi. Bulardan
birinchisi ikkita yoki undan ko‘p bo‘lgan ishchilarni himoya qilishga qaratilgan,
ikkinchisi esa bitta ishchini ximoyalashga qaratilgan. Ushbu ko‘rinishda, havo
tarkibining zararli changlar bilan ifloslanishi sharoitida ishlab chiqarish jarayonida
jamoaviy ximoya vositasi sifatida umumiy xolatdagi almashinuv-oqim tarzidagi
59

