Page 30 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 30

Markaziy  bankida  davlat  xizmatchilari,  ularning  yaqinlari  hisoblari  nazoratga

                olinadi.  Jamiyatda  pora  evaziga  og’dirishda  fosh  qilingan  jismoniy  va  yuridik

                shaxslarning  hatti–harakatlari  doimiy  nazorati  orqali  korrupptsion  jinoyatlar

                kamaytirilgan. Mamlakatdagi ushbu tadbir jarayonida davlat boshqaruvi hodimlarini

                o’z  lavozimi  vakolatlarini  to’la  to’kis  bajarishlari  uchun  nazorat  joriy  etilib,  bir

                vaqtning o’zida mansabdorlarga noto’g’ri yo’lga og’ishga imkon  berilmaydi.

                       So’ngi  yillarda  Germaniyada  korruptsiyaga  qarshi  kurash  o’zining

                samaradorligini  ko’rsatdi.  Bunga  politsiya  va  prokuratura  tizimidagi  hodimlar

                sonining ko’paytirilishi, anonim aloqalar uchun tezkor telefon tarmog’ining tashkil

                etilishi sabab bo’ldi. Jinoyat va soliq politsiyasining yaqin hamkorligi va ularning

                butun  yevropa  ittifoqiga  a’zo  davlatlar  antikorruptsiya  tashkilotlari  bilan

                hamkorlikning kengayishi ham bu masalada kurashning samarali bo’lishiga yordam

                berdi. Germaniyada  davlat hodimlari va xizmatchilar orasida “pora olish” deyarli

                uchramaydi.  Germaniyada  davlat  va  mahalliy  o’z-o’zini  boshqarish  organlarida
                poraxo’rlik  kuzatilmasada,  ba’zan  xususiy  biznesda  nisbatan  korruptsiya  holati


                uchrab  turadi.  O’lkadagi    biznes  kompaniyalar  faoliyati  jamoatchilik  e’tiborida
                turadi. Bordiyu, biror bir nemis kompaniyalari chet ellik sheriklarga pora berganligi

                yohud hadya evaziga ish bitirgani ma’lum bo’lsa, bu avvalo, shu kompaniya uchun

                sharmandalik  hisoblanadi.  Bu  esa  kompaniyaning  imidji  va  moliyaviy    tizimiga

                                     17
                jiddiy zarar beradi .  Jamoatchilik oldida obro’si tushgan kompaniya o’z –o’zidan
                sinib boradi.

                       Xalqaro darajada dunyo mamlakatlarining rivojlanish darajalari, boshqaruv va

                biznes sohalaridagi korruptsiyani tahlil etib borish albatta insonlar uchun munosib

                iqtisodiy  va  huquqiy  sharoitlar  yaratishga  yordam  beradi.  “Transparency

                International”  halqaro  tashkiloti  tomonidan  2009  yilda  e’lon  qilingan  jahon

                mamlakatlarining  korruptsiyalashganligi  darajasini  aks  ettiruvchi  reytingda



                17
                  Волфганг Дик, Aндрей Гнеистурков. Коррупция в Германии: успехи в боръбы неистебимым злом. –М.,
                2013.
                                                             29
   25   26   27   28   29   30   31   32   33   34   35