Page 65 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 65
magistrlik dissertatsiyasi va bitiruv malakaviy ishlarda plagiatga yo’l qo’ymaslik va
xolis taqriz berilishini ta’minlash.
To’rtinchi bo’limda o’qishni ko’chirish, o’qishga tiklash, xorijiy ta’lim
olganlik to’g’risidagi hujjatlarni nostrifikatsiya qilish, ta’lim tashkilotlarini
attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o’tkazish kabilar bayon etilgan.
Arizalarini qabul qilish, ko’rib chiqish va qaror qabul qilish jarayonlari shaffofligini
ta’minlash, o’qishga tiklashni soddalashtirish, bunda OTMlarning huquqlarini
kengaytirish;
Ilmiy daraja haqidagi diplomlarni nostrifikatsiyalashni to’g’ridan-to’g’ri (maxsus
sinovlarsiz) amalga oshirish asoslarini yaratish, ushbu jarayonni soddalashtirish va
byurokratik to’siqlarni olib tashlash, komissiyalar sonini qisqartirish.
Beshinchi bo’limda, Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish
vazifasi xususida borib unda:
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yangi loyihasini ishlab chiqish;
Ta’lim tizimida oliy ta’limning funktsiyasini aniq belgilash;
OTM zamonaviy strukturasini yaratish;
Faoliyatda sof akademik-ijodiy muhitni shakllantirish;
Oliy ta’lim tizimini bosqichma-bosqich raqamlashtirish;
OTMdagi jamoatchilik kengashlarini shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
Ichki audit mexanizmini ishlab chiqish;
O’qituvchilar faoliyatining sifat va samaradorligini baholashning reyting tizimini
takomillashtirish;
OTMlarda o’tkaziladigan tekshirishlar tartibini soddalashtirish;
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va baholash ishlarini
takomillashtirish;
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini monitoringini raqamlashtirish;
Vazirlikning Bosh ilmiy metodik markazi faoliyatini takomillashtirish.
64

