Page 67 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 67
uqtirildi. SHu maqsadda, fan va kurslarni kengaytirish maqsadida qayta tayyorlash
va malaka oshirish kurslari o’quv rejalariga 13 ta yangi modul kiritilishi
59
belgilandi . Respublikamizda so’ngi yillarda malakali yetuk kadrlarni tayyorlash
maqsadida ta’lim tizimini tubdan yangilash, kadrlar salohiyatini oshirish, xodimlarni
moddiy rag’batlantirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilib
borilmoqda.
So’nggi yillarda Oliy ta’lim muassasalarining soni keskin ortdi (110 dan
ziyod). Horijiy Oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari bilan hamkorlik
kengaytirilib, ularning filliallarini joylarda ochish bo’yicha tazimli ishlar davom
ettirilmoqda(ularning soni 19 tani tashkil etdi). 2018-2019 o’quv yilidan boshlab 52
ta Oliy ta’lim muassasasida sirtqi, 9 ta oliy ta’lim muassasasida kechki ta’lim, 43 ta
Oliy ta’lim muassasasida ikkinchi oliy ta’lim sirtqi shaklda joriy etildi. Yangi 66 ta
ta’lim yo’nalishi va 48 ta mutaxassislik bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi.
Soha hodimlarini moddiy rag’batlantirish, jumladan ularning uy-joy sharoitlarini
yaxshilash, ayniqsa, yosh tadqiqotchilarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davomiy
choralar amalga oshirilmoqda.
2018 yilda “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markazi o’tkazgan so’rovda ishtirok
etganlarning 29 foizi Oliy ta’lim tizimida korruptsiya keng tarqalgan degan fikrni
bildirgan bo’lsa, 2019 yilda bu salbiy ko’rsatkich 35 foizni tashkil etgan.
Tahlillar ko’rsatganidek tizimda korruptsion jinoyatlarning quyidagi
ko’rinishlari uchraydi:
1. Ta’lim muassasalari mansabdorlarining o’z shaxsiy manfaatlarini ustun qo’yib,
mansab soxtakorligini sodir etib, soha uchun ajratilgan, tizimning bir maromda
faoliyat olib borishi uchun yo’naltirilishi lozim bo’lgan byudjet mablag’larini talon-
toroj qilish.
2. Ta’lim tizimidagi korxona, muassasa va tashkilotlarning xodimlarini ishga qabul
59
“Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish
bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi VM 797-qarori, 23.09.2019
66

