Page 61 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 61

3.2 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA “KORRUPTSIYASIZ SOHA”

                                             LOYIHASINING MAQSADI.

                       Mamlakatimizda  mustaqillik  e’lon  qilingan  palladan  boshlab  jamiyat

                hayotining barcha sohalarida tub o’zgarishlar davri boshlandi. Sovet Rossiyasining

                repressiya davri tugatilib, ozod, erkin va farovon hayot tarzi boshlandi. O’lkada turli

                jabhalardaga o’zgarishlar, yangilanish va yasharish davri ozodlik shkuhi bilan birga,

                xalqimizning ertagi kuniga nisbatan ishonch tuyg`ularini barq urishiga undadi. Endi

                yoshlar  buyuk  kelajak  sari  sobitqadamlik  bilan  olg’a  bormoqdalar.  O’zbekiston

                demokratiyaning barcha printsplarini qo’llagani xolda, taraqqiyot modelini yaratdi.

                Oxirgi  yillarda  O’zbekiston  Respublikasida  jamiyat  va  davlat  ravnaqiga  asosiy

                to’siq bo’layotgan korruptsiya kabi  illatni  yo’qotish va  davlat  idoralari  faoliyatini

                jadallashtirish kechiktirib bo’lmas vazifaga aylandi. SHu ma’noda  mamlakatimizda

                tizimli ishlar belgilandi va amaliyotga joriy  etila  boshlandi. Hozirgi  kunda  dunyo

                miqyosida  hal  etilishi  lozim  bo’lgan  eng  birlamchi  masalalardan  biri  korruptsiya
                muammosidir.  SHu  bois  unga  qarshi  kurash  xalqaro  miqyosga  ko’tarilib,  jahon


                siyosatining  muhim  masalalaridan  biriga  bo’lib  qolmoqda.  Binobarin,  ushbu  illat
                nafaqat  islohotlar  yo’liga  jiddiy  to’siq  bo’lishi,  balki  o’tish  davrida  belgilangan

                maqsadlarga erishishga ham bevosita tahdid tug’dirishi barchaga ma’lum.

                     Xalqaro  hujjatlar  ichida  BMT  Bosh  Assambleyasi  tomonidan  qabul  qilingan

                Korruptsiyaga  qarshi  konventsiya  (2003  yil  31  oktyabr)  asosiy  xalqaro-huquqiy

                hujjat  bo’lib,  u  ushbu  jinoyatning  mohiyatini  to’liq  ochib,  unga  qarshi  kurash

                choralarini belgilab beradi. O’zbekiston bu borada qat’iy qadam tashladi. Dastavval

                aytish  lozimki,  O’zbekiston  Respublikasining  Milliy  xavfsizlik  kontseptsiyasida

                korruptsiya mamlakatning milliy xavfsizligiga tahdid solayotgan jinoyatlardan biri,

                deya  e’tirof  etildi.  SHu  maqsadda  “Jamiyatda  huquqiy  madaniyatni  yuksaltirish

                Milliy  dasturi”  qabul  qilinib,  jamiyatga  tadbiq  etildi.  Mamlakatimiz  2008  yil  7

                iyulda BMTning yuqorida ko’rsatib o’tilgan Konventsiyasiga qo’shildi.



                                                             60
   56   57   58   59   60   61   62   63   64   65   66