Page 62 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 62

Konventsiya         tomonidan        ishtirokchi      davlatlarning       harakatlarini

                muvofiqlashtirish  maqsadida  doimiy  maxsus  Konferentsiya  ta’sis  etilgan  bo’lib,

                BMTning  narkotik  va  jinoyatchilikka  qarshi  kurash  boshqarmasi  uning  kotibiyati

                etib belgilandi.

                     Dunyodagi  barcha  mamlakatlar  korruptsiya  illatini  tag-tomiri  bilan  qo’porib

                tashlashda  xalqaro  hamjamiyat  bilan  hamkorlik  qilayotgan  bo’lsa-da,  unga  qarshi

                kurash har bir davlatning o’zida olib borilishi muhim strategic bosqich hisoblanadi.

                Zero,  yuqoridagi  Konventsiya  milliy  qonunchilikni  yanada  takomillashtirish

                yo’nalishlarini belgilab qo`ydi.

                     Yurtimiz  qadim  o’tmishiga  nazar  solsak,  unda  istiqomat  qilgan  halq  va

                millatlarda  o’zini-o’zi  nazorat  qilish,  taqsimot,  xududiy  birdamlik  kabi  muhum

                tushunchalarga  amal  qilinganligi  va  bu  vazifani  aynan  “mahalla”  bajarganligini

                ko’rishimiz  mumkin. Hozirda ham  bunday  vazifani  mahalla  jamoasi  uyushqoqlik,

                o’zaro hurmat va iltifot bilan amalga oshiradi.
                       Amaldagi  islohotlar  halqimizning  azaliy  orzulari,  maqsadalarini  jamlangan


                bo’lib,  davlat  o’z  taraqqiyotini  bevosita  inson  omiliga  yo’naltirib  boradi.    Va  bu
                jarayon uzluksiz tizim sifatida o’z natijalarini berib, halqning turmush tarzi, yashash

                sharoitlari,  huquqiy  savodxonligini  oshirish  evaziga  ro’y  berdi.  Zero,  fuqarolik

                jamiyatining  shartlari  ham  aynan  halq  va  davlatning  o’zaro  yakdil  hamkorligini

                anglatadi. Har qanday jamiyat rivojiga to’siq bo’lgan korruptsiya va u bilan bog’liq

                jinoyatlar  uni  ichiki  tuzilmalaridan  dars  ketishiga  olib  keladi.  SHu  bois

                antikorruptsion  harakatlar  har  bir  davlatning  asosiy  e’tibor  berishi  kerak  bo’lgan

                jarayondir.

                       SH.M.Mirziyoev    2019  yil    27  mayda  “O’zbekiston  Respublikasida

                korruptsiyaga  qarshi  kurashish  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari

                to’g’risida”gi  farmonida 2019-2020  yillarda korruptsiyaga qarshi  kurashish  davlat

                dasturi,  korruptsiyaga  qarshi  kurashish  bo’yicha  respublika  idoralararo  komissiya

                tarkibi,  korruptsiyaga  qarshi  kurashish  sohasidagi  faoliyat  samaradorligini
                                                             61
   57   58   59   60   61   62   63   64   65   66   67