Page 68 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 68

qilish, boshqa lavozimga o’tkazish va shu kabi masalalarni pora evaziga hal qilish.

                3. Ta’lim muassasalari mansabdorlari tomonidan asoslantirilmagan harajatlar uchun

                pul yig’ish kabi suiiste’molchiliklar sodir etilishi.

                Mablag’larni asosan muassasani ta’mirlash va boshqa harajatlar niqobi ostida, ba’zi

                holatlarda  esa  sodir  etilgan  jinoyatlarni  pora  berish  yo’li  bilan  tekshiruvdan

                yashirish maqsadida yig’ish holatlari kuzatilmoqda.

                4.  Ta’lim  muassasalariga  o’qishga  qabul  qilinishi  yuzasidan  tuzilgan  statistik

                ma’lumotlarni  soxtalashtirish,  ta’lim  muassasasida  tahsil  olmagan  o’quvchilarga

                soxta  attestatlarni  berish  evaziga  pora  olish,  haqiqatda  ishlamagan  yoki  ta’lim

                muassasasiga  umuman  aloqasi  bo’lmagan  shaxslarni  muassasa  xodimlari  sifatida

                rasmiylashtirish va boshqa turdagi jinoyatlar sodir etish.

                6. Ta’lim tizimidagi mansabdor shaxslar tomonidan o’qishga qabul qilish, boshqa

                o’quv muassasalariga o’tkazish evaziga pora olish.

                         Oliy ta’lim tizimida korruptsiya holatlarining uchrashi, bepul umumiy ta’lim
                olish  borasidagi  konstitutsiyaviy  huquqlarning  buzilishi,  ta’lim  oluvchilar  bilim


                darajasining  tushib  ketishi,  jamiyatdagi  inson  inteliktining  tushib  borishiga  olib
                kelishi  mumkinligi,  ko’rsatib  o’tilgan  holatlarga  alohida  e’tibor  qaratishni  talab

                      60
                etadi .  Tizimdagi  korruptsiogen  holatlar  tahlil  qilib,  uning  sabablari  va  sodir
                etilishiga  imkon  berayotgan  shart-sharoitlarni  o’rganish  kelgusida  ushbu  turdagi

                jinoyatlarni  oldini  olish  bo’yicha  tizimli  tarbirlar  ishlab  chiqish  va  ijrosini

                ta’minlash darkor.

                       Prezident  SH.M  Mirziyoev  2019  yil  yakunlari  va  2020  yildagi  rejalar

                xususidagi  “Murojatnomasi”da  Oliy  ta’lim  tizimida  bir  qancha  o’zgarishlar  sodir

                bo’lishini  ta’kidladi.  Ya’ni  joriy  yilda  maktab  bitiruvchilarini  oliy  ta’lim  bilan

                qamrab  olish  darajasini  50-60  foizga  yetkazish,  davlat  grantlarini  ikki  baravar

                ko’paytirish, qizlar uchun  alohida gratlar ajratish, oliy  ta’lim muassasalriga kirish

                imtihonlarini  optimallashtirish,  oliy  ta’lim  standartlarini  horijiy  tajriba  asosida

                60
                   Ta’limning inqirozi bu millat inqirozi// Xalq so’zi, 2020 yil 21 yanvar’. №15(7517)
                                                             67
   63   64   65   66   67   68   69   70   71   72   73