Page 88 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 88

etmaydigan har qanday fuqaro tomonidan sodir etilishi mumkin. YUqoridagi fikrlar

                natijasida yana shunday xulosaga kelish mumkinki, agar mehnat jamoasida insonlar

                o’z mehnatidan  ma’naviy  qoniqishi  his  etsa, o’zi  mehnat qilayotgan tashkilotning

                samarali  ishlashi  uchun  fidoyilik  ko’rsatadi,    agarda  hodim  o’z  ish  joyining

                ma’naviy muhitidan bezor bo’lsa, unda uning tashkilotdagi faoliyati ham samarasiz

                bo’ladi, befarqlik va mas’uliyatsizlik kuchli bo’ladi. Eng yomoni esa, tashkilotdagi

                faoliyati  samarasiz  bo’libgina  qolmay,  g’arazli  xatti-harakatlarning  shakllanishiga

                imkoniyat yaratadi.

                       O’zbekistonda  qadimdan  o’zini  o’zi  boshqarish  organi  bo’lgan  mahalla

                nazoratchilik  funktsiyalarini  ham  bajargan.  Bunday  funktsiyani  mahalla  jamoasi

                yuqoridan  tushirilgan  farmonlar,  buyruqlar  va  boshqa  huquqiy  me’yorlarga

                munosabat bildirish shaklida ifodalagan.

                        Jamoatchilik  nazoratini  amalga  oshirishda  huquqiy  me’yorlar  poydevor

                vazifasini  bajaradi.  Huquqiy  me’yorlarning  asos  vazifasini  bajarishi  jamoatchilik
                nazoratining har bir qadami mavjud qonunlar asosida qo’yilishini taqozo etadi.


                       Jamoatchilik  nazorati  mohiyatan  huquqiy  nazorat  ekani  fuqarolik
                jamiyatining tarkibiy qismi bo’lgan huquqiy davlatning mohiyatiga to’la mos keladi.

                Ayni  paytda  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish,  huquqiy  davlatni  yaratish  yo’lida

                amalga  oshirilayotgan  jamoatchilik  nazoratining  o’zi  ham  mavjud  qonuniy

                me’yorlarga asoslanishi lozim.

                       Tarixga  murojaat  qiadigan  bo’lsak,  buyuk  faylasuflardan  biri  fuqarolik

                jamiyatining  sharqona  alifbosini  yaratgan  Abu  Nasr  Farobiy  o’zining    «Fozil

                odamlar shahri» asarida ham hukmdorlarning aholi oldida hisob berib turishlari va

                ularning qonunlarga so’zsiz buysunishlari zarurligini ta’kidlagan. Bundan tashqari,

                SHekspirning  “Venetsiyalik  savdogar”,  “Qonga  qon,  jonga  jon”,  Dantening

                “Do’zax”, “Tozalovchi” kabi asarlarida ham bu xususida keskin fikr- mulohazalarni

                bayon  etgan  mashhur  asarlar  hisoblanadi.  Dante  korruptsionerlarni  do’zaxni  eng

                qorong’i va eng chuqur joyiga tashlash kerak degan o’ziga xos konservativ fikrlarni
                                                             87
   83   84   85   86   87   88   89   90   91   92   93