Page 83 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 83
o’ziga ishonib topshirilgan hudud yoki tashkilotdagi oddiy odamlar arz–dodiga,
orzu–istaklariga to’ralarcha qarashi odobsizlikka kirsa, uning shaxsiy boylik
orttirishi yo’lida korruptsiya vositasida mamlakat, viloyat yoki tashkilot
manfaatlarini qurbon qilishi ahloqsizlik, nafaqat rahbarlik kasbiga, balki Vatanga
ham xiyonat tarzida baholanishi mumkin. Ba’zan kasbiy odobning kasbiy ahloq deb
70
atalishi ham ana shundan .
Rahbarlikning ahloqiy jihatlari, rahbar shaxsi borasida, oddiy odamlarning
rahbarlarga munosabati ikki fuqaro o’rtasidagi munosabatgina emas. Ayni paytda u
jamiyatda qaror topadigan ma’naviy–ruhiy, siyosiy–axloqiy muhitni ham yaratadi.
Haqiqiy rahbar odamlarning ko’ngliga yo’l topib, ularni ezgulikka, yaxshilikka,
yaratishga da’vat etadi.
Mana shu yondashuvning o’zi ham, kasbiy odob muammosi, ba’zilar
o’ylaganidek, ahloqshunoslikning mayda masalasi emasligini yaqqol ko`rsatib
beradi. Uni har tomonlama o’rganish, kasbiy erkinlik va kasbiy burch munosabatini
tadqiq etish XXI asr axloqshunosligida muhim o’rin egallashi aniq. Binobarin,
kasbiy odob shaxs va jamiyat axloqiy hayotida o’zini amaliy ahloq tarzida namoyon
etuvchi ma’naviy hodisa sifatida baholanishi lozim.
Inson dunyo yuzini ko’rarkan, insonlararo munosabatlarga kirishadi va jamoa
bilan yashaydi, uning ichki qonuniyatlariga, davlat tomonidan belgilab berilgan
ijtimoy, siyosiy hamda ma’naviy me’yorlarni hurmat qiladi va ularga so’zsiz rioya
qiladi. Tartib va intizom kishilar orasida tenglik, adolat, mehr-oqibatni
mustahkamlaydi. SHu bois inson hayoti davomida turli ahloqiy qoidalarga bo’y
sunishga va ularni amalda qo’llashga to’g’ri keladi. Ayni vaqtda inson faoliyati
qonun va huquq bilan birga amalga oshirilsada, jamoa hamjihatligi va intizomi
uchun har sohada o’ziga xos bo’lgan axloqiy me’yorlar belgilangan. Kasb etikasi
70
A.SHer. Ahloqshunoslik. -T.: «YAngi asr avlodi», 2003, 235-242-b.
82

