Page 87 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 87

shakllanadigan,  har  bir  shaxsning  o’z  imkoniyatlarini  yuzaga  chiqarishi  mumkin

                bo’lgan demokratiya sharoitida erkin harakat qilish huquqidan mansabdor shaxslar

                o’z  manfaatlari  yo’lida  foydalanishga  qaratilganligi  oqibatida  yuzaga  kelishi  va

                rivojlanishini ta’kidlash joiz.

                       BMTning  Korruptsiyaga  qarshi  Konventsiyasida  korruptsiyaga  eng  qisqa,

                lekin  keng  qamrovli  ta’rif  quyidagicha  berilgan:  "Korruptsiya  -  bu  shaxsiy  naf

                ko’rish  maqsadida  davlat  hokimiyatini  suiiste’mol  qilishdir".  O’z  mamlakati  va

                millati  obro’-e’tiborini  qadrlaydigan  har  bir  inson  o’zining  halol  mehnat  qilishi,

                yashashi  zarurligi,  korruptsiya  va  jinoyatchilik  faqat  mamlakat  taqdiriga  tahdid

                soluvchi  xavf  bo’ibgina  qolmasdan  har  bir  shaxsning  hayoti  va  kelajagi  uchun

                xatarli ekanligini anglamoq zarur.

                     Korruptsiyaning  oldini  olishga  qarshi  qaratilgan  ijtimoiy  so’rovlar,  tahlillar,

                tadqiqotlarning maqsadi hodimlarning hatti harakatlarida yuksak-ma’naviyat belgisi

                hisoblangan  Vatanga  sadoqat,  hallollik,  beg’arazlik,  fidokorlik,  mas’uliyatlilik,
                islohotlarga nisbatan daxldorlik kabi fazilatlarni kuchaytirib, korruptsiya tahdidiga


                to’siqqa aylanishi shubhasiz. Mazkur illat mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga
                putur  yetkazadi,  demokratik  institutlarni  zaiflashtiradi,  ijtimoiy  tartibni  buzadi.  U

                bilan kurashish, korruptsiyaning oldini olishning asosiy yo’llaridan biri, shubhasiz,

                aholining,  davlat  va  jamoat  tashkiloti  vakillarining  huquqiy  madaniyatini

                yuksaltirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash hisoblanadi.

                     Korruptsiya  va  jinoyatchilik  davlatning  amaldagi  qonunlariga  xilof  ravishda

                shaxsiy  manfaatlarni  qondirish  yo’lida  mansabdor  shaxslar,  oddiy  fuqarolar

                tomonidan  qilinadigan  xatti-harakatlar  va  faoliyatlarning  natijasidir.  Ammo,  ular

                o’zlarining ko’lami jihatidan, sodir  etilishida qatnashadigan shaxslar yoki guruhlar

                salmog’i  jihatidan  bir-biridan  farq  qiladi.  Xususan,  korruptsiya  davlat  tizimida

                faoliyat  ko’rsatayotgan  mansabdor  shaxslarning amaldagi qonunlarni nazar-pisand

                qilmasdan boylik orttirish uchun o’z mansablaridan foydalanish yo’lida qilinadigan

                jirkanch xatti-harakatlar majmuasidir. Jinoyatchilik esa, jamiyatda qonunlarga itoat
                                                             86
   82   83   84   85   86   87   88   89   90   91   92