Page 58 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 58

  loyiha  boshqaruvi  sohasida  kadrlarni  o’qitish  va  malakasini  oshirishga

                ko’maklashadi.

                  Agentlik  davlat  va  nodavlat  tashkilotlari,  muassasalar,  tadbirkorlik

               sub’ektlari,  O’zbekiston  Respublikasidagi  chet  davlatlarning  diplomatik

               vakolatxonalari  va  konsullik  muassasalari,  xalqaro  tashkilotlar,  chet  el

               korxonalari va mutaxassislari bilan o’zaro hamkorlik qiladi.

                  Agentlik «Mirzo Ulugbek Innovation Center», Abu Rayhon Beruniy nomidagi

               Respublika  biznes  va  boshqaruv  oliy  maktabi,  «Delta  city»  Xalqaro  yuqori

               texnologiyalar  innovatsion  markazi,  «Raqamli  ishonch»  raqamli  iqtisodiyotni

               rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi faoliyatini nazorat qiladi.

                        Prezident    SHavkat  Mirziyoev  2020  yil  11  fevral  kuni  korruptsiyaga  qarshi

                kurashish  hamda  jamoatchilik  nazorati  tizimlarini  takomillashtirish  masalalari

                bo’yicha yig’ilish  o’tkazib,  unda  Korruptsiya  iqtisodiyot  rivoji,  chinakam  qulay

                tadbirkorlik  va  investitsiya  muhiti  uchun  eng  asosiy  to’siqlardan  biri  ekanligi  va
                mamlakatimizda ushbu muammo xanuzgacha borligini ta’kidladi. Korruptsiya kabi


                salbiy  illatlarga  qarshi   kurashishda  davlat  organlari  faoliyati  va  ish  jarayonlarini
                shaffofligini ta’minlash va bunda e’tiborni ishga olish, davlat xaridlari, ruxsatnoma

                va  litsenziyalar  berish  kabi  jarayonlarda  ochiq-oshkoralikni  ta’minlashga  qaratish

                                                   55
                kerak ekani xususida so’z bordi .
                       2020 yilning 7 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va

                Korruptsiyaga  qarshi  kurashish  agentligi  bilan  birgalikda  korruptsiya  holatlari

                kuzatilayotgan  sohalar  uni  keltirib  chiqarayotgan  omillar  va  ularni  oldini  olishga

                bag’ishlangan  idoralararo  yig’ilish  tashkil  etildi.  Bu  borada  mamlakatimizda

                huquqiy asoslarni yaratishga e’tibor berilib, so’nggi to’rt yilda 70 dan ortiq qonun

                hujjatlari  qabul  qilinganligi  ta’kidlandi.  O’zbekiston  so’nggi  to’rt  yilda  Jahon

                bankining  “Biznes  yuritish”  indeksida  18  pog’onaga,  Meros  jamg’armasining



                55
                  Mirziyoev SH.M.Korruptsiyaga qarshi kurashish va jamoatchilik nazorati tizimlari takomillashtiriladi. /11.02.2020.
                O’zbekiston milliy axborot agentligi/ uza.uz
                                                             57
   53   54   55   56   57   58   59   60   61   62   63