Page 57 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 57
bartaraf etish hisoblanadi. Byudjet mablag’laridan foydalanish, davlat aktivlarini
realizatsiya qilish va davlat haridlari sohasida korruptsiyaga qarshi nazorat qilish
masalalari ham Agentlikning vakolatlari doirasiga kiritildi. Bundan tashqari,
Agentlik davlat xizmatchilarining daromadlari va mol mulkini dekloratsiya qilish
tizimi joriy etilishi hamda dekloratsiyadagi ma’lumotlarning haqqoniyligini
tekshirilish vazifalari ham yuklandi. Ushbu agentlik hozirgi kunga kelib quyidagi
vazifalarni bajaradi.
- davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, biznes-uyushmalar
ekspert ishchi guruhlar faoliyatini, loyihalarni amalga oshirish tartibini
O’zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash masalalarini hisobga olib
tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi. Agentlik faoliyati doirasiga kiruvchi
masalalar bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy ravishda
Agentlik bilan kelishilishi lozim;
islohotlarni amalga oshirish natijalarini o’rganadi, O’zbekiston investitsiya
dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini monitoring va nazorat
qiladi;
blokcheyn texnologiyalari tadbiq etilishi mumkin bo’lgan faoliyat doiralarini
aniqlaydi, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va blokcheyn texnologiyalarini
tadbiq etishni nazarda tutgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini majburiy
ravishda ekspertizadan o’tkazadi;
davlat mablag’lari hisobidan moliyalashtiriluvchi loyihalarni sifatli va o’z
vaqtida bajarilishiga ko’maklashadi;
norentabel va samaradorligi past bo’lgan loyihalarni aniqlaydi;
davlat organlariga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish kontseptsiyasini
ishlab chiqish va uni har taraflama tahlil etishni ta’minlaydi;
56

