Page 56 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 56

etib  kelinmoqda.  Korruptsiya  holati  ko’p  sodir  etilishi  mumkin  bo’lgan  faoliyat

                yo’nalishlariga  alohida  e’tibor  qaratildi.  Ayniqsa,  notarial  idoralar  faoliyatida

                korruptsiya  va  huquqbuzarliklarni  sodir  etilishining  oldini  olish  hamda  sifatli

                huquqiy  xizmat  ko’rsatishda  shaffoflikni  ta’minlash  maqsadida  alohida  choralar

                ko’rildi.  O’zbekiston  Respublikasida  korruptsiya  darajasi  yuqori  bo’lgan  sohalar:

                soliq, sog’liqni saqlash, Oliy va o’rta maxsus ta’lim, xalq ta’limi, davlat xaridlarini

                amalga oshirish, yerdan foydalanish, paxta va don konlari ajartib olinib ular faoliyati

                                                                                                          53
                tizimli ravishda kuzatib, taxlil etilib borilmoqda va bu tadbirlar o’z natijasini berdi .
                        O’zbekistonda  korruptsiyaga  qarshi  kurash  agentligining  tashkil

                etilishi.   2020     yil   24     yanvarda     O’zbekiston      Respublikasi      Prezidenti

                SH.Mirziyoevning  Oliy  Majlisga  muroajaatnomasida  korruptsiyaga  qarshi

                kurashuvchi  organ  tuzilishi  kerakligi  aytilgandi.  2020  yil  amalga  oshirilishi

                rejalashtirilgan Davlat dasturining 53–bandida ham belgilab qo’yildi.     Ushbularni

                ijrosi  yuzasidan  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2020  yil  29  iyundagi
                «O’zbekiston       Respublikasida       korruptsiyaga      qarshi     kurashish     tizimini


                takomillashtirish  bo’yicha  qo’shimcha  chora-tadbirlar  to’g’risida»gi  PF-6013-
                son Farmoniga    54   muvofiq,  shuningdek,  O’zbekiston  Respublikasi  Korruptsiyaga

                qarshi kurashish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida O’zbekiston

                Respublikasi  Korruptsiyaga  qarshi  kurashish  agentligi  tashkil  etildi.  Unga

                «Yuksalish»  umummilliy  harakati  raisi  va  Qonunchilik  palatasi  deputati  Akmal

                Burhonov agentlik direktori etib tayinlandi.

                        O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  farmoni  bilan  tashkil  qilingan  ushbu

                agentlik  Oliy  Majlis  palatalari  oldida  hisob  beradi.  Agentlikning  asosiy

                vazifalaridan biri korruptsiya yuqori bo’lgan sohalarni chuqur tahlil qilish, hamda

                korruptsiyaga oid  huquqbuzarliklar sodir etilishining  sabab va shart-sharoitlarini




                53  O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi  Markazi. minjust.uz/uz/antisorruption
                54  “O’zbekiston  respublikasi  korruptsiyaga  qarshi  kurashish  agentligi  faoliyatini  tashkil  etish
                to’g’risida” Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020 y., 07/20/4761/1001-son
                                                             55
   51   52   53   54   55   56   57   58   59   60   61