Page 71 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 71

3.3  KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH - FUQAROLIK

                           JAMIYATINI RIVOJLANTIRISHNING MUHIM SHARTI



                       SHarqning  buyuk  mutafakkiri,  faylasuf  olim  Abu  Nasr  Farobiy  o’zining

                “Fozil odamlar shahri” asarida davlat va jamiyat rivojining asosiy omillaridan biri

                deb,  mamlakat  hukmdorlarining  aholi  oldida  hisob  berib  turishlari  va  ularning

                                                        62
                qonunlarga so’zsiz bo’ysunishlaridir  deb ta’kidlagan.  SHuningdek, Abu ali Xasan
                Ibn Ali Tusiy Nizomulkmulk o’zining “Siyosatnoma”(Siyar ul-mulk) asarida, adolat

                va  sahovat,  hayr-sadaqadan,  nochor,  noiloj  kishilarga  madad  berish,  beva-

                bechoralar,  mayib  va  nogironlarga  xazinadan  nafaqa  ajratish  va  insonlarning

                huquqlarini  ta’min  etish,  amaldorlarni  to’g’ri  tanlab,  ularga  qo’llaridan  keladigan

                ishlar  va  vazifalarni  topshirish,  bir  kishiga  bir  amal  berib,  undan  itoat  va  ijro
                                                                                                          63
                fazilatlarini kutish kabilar davlat boshqaruvining asosiy talabi ekanligini uqtiradi .

                Xususan, SHarqda davlatni adolat, tenglik, halq manfaatlarini o’ylab ish ko’rish va
                u orqali hokimiyatni boshqarish ilk kishilik jamiyatlaridan shakllanib borgan va bu


                an’ana hozirgi kunga kelib yangi bosqichga ko’tarilib bormoqda.
                       O’zbekistonda  jamoatchilik  nazorati  demokratiya  va  fuqarolik  jamiyatining

                asosiy, ajralmas sharti hisoblanadi. Jamoatchilik  nazorati tizimi dunyoning barcha

                fuqarolik jamiyati mavjud bo’lgan mamlakatlarida mavjud bo’lib,  u o’zining aniq

                maqomi  va  vazifasiga  ega.  SHu  bois  mamlakatimiz  asosiy  qonuni  bo’lgan

                Konstituttsiyasida  jamoatchilik  nazoratining  mamlakatimiz  fuqarolari  davlat  va

                jamiyat boshqaruvida ishtirok etishi belgilab qo’yilgan.

                       Avvalo  jamoatchilik  nazorati  so’zining  mohiyatiga  to’xtalib  o’tishni  lozim

                bildik, chunki, keng jamoatchilikda ushbu nazorat turining  mohiyati, vazifalari va

                vakolatlari to’g’risida atroflicha tushunchalar mavjud emas.






                62   Farobiy  Abu Nasr.Fozil odamlar shaxri.- T.: A.Qodiriy nomidagi xalk merosi nashriyoti, 1993.
                63
                  Nizomulmulk.Siyosatnoma(Siyar ul-mulk). T.: “YAngi avlod asri”,  2019 y, -304 b.
                                                             70
   66   67   68   69   70   71   72   73   74   75   76